Tо‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 447.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Talabalar akademiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi tо‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi (keyingi о‘rinlarda Talabalar akademiyasi deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 2. Talabalar akademiyasi о‘z faoliyatida О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. 3. Talabalar akademiyasi о‘z faoliyatida Jizzax davlat pedagogika institutiga (keyingi о‘rinlarda institut deb ataladi) hisobot beradi va bо‘ysinadi. 4. Talabalar akademiyasi о‘z faoliyatini davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Talabalar akademiyasi yuridik shaxs maqomisiz faoliyat yuritadi. 6. Talabalar akademiyasi rasmiy nomi – Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi. 7. Talabalar akademiyasiga о‘zlarining innovatsion loyihalari va g‘oyalariga ega iqtidorli talabalar va magistranlar tanlov asosida qabul qilinadi. Talabalar akademiyasi jamoa a’zolari Talabalar akademiyasi a’zolari hisoblanadi. 2-bob. Talabalar akademiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari 8. Quyidagilar Talabalar akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: institutdagi iqtidorli yoshlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni о‘sib-ulg‘ayishiga va biror sohada yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishiga kо‘maklashash; davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish; iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni mamlakatning yetakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta’minlash; ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qо‘llab- quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bо‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish; yoshlar tomonidan aniq vazifalarni hal etishga, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bо‘lgan ilg‘or texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga qulay sharoitlar yaratish; iqtidorli yoshlarni respublikaning va jahonning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga kо‘maklashish; ilm-fan sohasida о‘z о‘rnini topib borayotgan, kelajakda mamlakat ilm-fani nufuziga о‘z xissasini qо‘sha oladigan bо‘lajak akademiklar jamoalarini shakllantirib borish; xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar о‘rnatish, ularning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yо‘nalishlar bо‘yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar о‘tkazish. 9. Talabalar akademiyasi о‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta’lim Download 447.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling