Umumiy ma’lumotlar
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam anatomiyasiA. G.AXMEDOV 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv tizimining filogenezi
- Nerv tizimining taraqqiyoti
- (myelencephalon)
- (isthmus rhombencephali)
- Markaziy nerv tizimi Orqa miya
- (conus medullaris)
- (intumecentia cervicalis)
- (fissura mediana anterior)
- (sulcus anterolateralis)
- (radix dorsalis)
- (substantia grisea)
- (ventriculus terminalis)
- (columna anterior)
- (cornu anterius)
- (nucleus anterolateralis)
- (nucleus proprius)
- (nucleus thoracicus posterior)
- (commissura alba)
- (sulcus intermedialis posterior)
- Orqa miyaning taraqqiyoti
346
Nerv tizimi haqidagi ilm (neurologia) Umumiy ma’lumotlar I.P. Pavlov ta’limoti bo‘yicha organizm ayrim a’zolar yoki tizimlar yig‘indisi bo‘lmay, tashqi muhit bilan uzluksiz aloqada bo‘lgan tirik umumlashgan tizimdir. Har tirik mavjudot tashqi muhitdan ma’lum ta’sirot oladi va unga mos javob qaytaradi. Bundan tashqari organizmda bo‘layotgan modda almashinish jarayonlari ham o‘z navbatida unga ma’lum bir ta’sir qiladi va organizm bunga javob qaytaradi. Ta’sir tushayotgan soha bilan a’zo o‘rtasidagi aloqa organizmda nerv tizimi vositasida bog‘lanadi. Nerv tizimi tana qismlari va a’zolarning faoliyatini bir-biri bilan bog‘lab bir butun tizimni hosil qiladi. Ikkinchi tomondan nerv tizimi organizm faoliyatini tashqi muhit bilan munosabatini boshqaradi. Nerv tizimining vazifaviy-tarkibiy birligi - nerv hujayrasi bo‘lib, u o‘zidan chiqayotgan o‘simtalari bilan birga neyron deb ataladi. Neyronlar o‘lchami, shakli, o‘simtalarining soni va uzunligiga qarab turli xil bo‘ladi. O‘simtalari tuzilishi va vazifasiga qarab aksonlar yoki neyrit va dendritlarga bo‘linadi. Neyronlarning dendritlari ko‘p sonli, shoxlangan bo‘ladi. Ular tashqi va ichki muhit ta’sirini yoki boshqa neyronlardan kelayotgan impulsni nerv hujayrasi tanasiga o’tkazib beradi. Akson yoki neyritlar bitta bo‘lib, nerv impulsini hujayra tanasidan boshqa neyronga yoki ish bajaruvchi a’zoga o‘tkazib beradi. Tuzilishi, vazifasi va aloqasiga qarab neyronlar sezuvchi yoki retseptor, oraliq yoki assotsiativ va harakatlantiruvchi yoki effektor neyronlarga bo‘linadi. I.Sezuvchi neyronlarni dendritlarining uchlarida qabul qiluvchi apparat - retseptor joylashgan. Retseptor ta’sirotni qabul qilib, uni nerv impulsiga aylantiradi. Retseptorlar ma’lum bir ta’sirotni qabul qilishga moslashgan (mexanik, harorat, kimyoviy) bo‘lib, tuzilishi har xil bo‘ladi. Retseptorlarning joylashishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 1.Ekstrotseptorlar tashqi muhit ta’sirini qabul qiladi. Ular teri, shilliq pardalar va sezgi a’zolarida joylashgan. 2.Introtseptorlar organizmning ichki muhitida bo‘ladigan kimyoviy o‘zgarishlar, shuningdek to‘qima va a’zolardagi bosim o‘zgarishlari ta’sirotlarini qabul qiladi. 3.Propriotseptorlar mushak, pay, boylam, fassiya, bo‘g‘im xaltasidagi ta’sirotlarni qabul qiladi. II.Oraliq yoki assotsiativ neyron qo‘zg‘olishni sezuvchi neyrondan harakat neyroniga o‘tkazib beradi. Bu neyronlar markaziy nerv tizimida joylashadi. III.Effektor yoki harakatlantiruvchi neyronlarning tanalari markaziy nerv tizimida yoki vegetativ tugunlarda joylashgan. Ularning aksonlari ish bajaruvchi a’zolarga (ko’ndalang targ’il va silliq mushaklar va bezlarga) boradi. Odamning nerv tizimi neyronlar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro sinapslar vositasida qo‘shiladi. Bitta neyronning oxirgi tolalari juda ko‘p (10.000) neyron bilan qo‘shilishi mumkin. Shu sababli bir joyda hosil bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishi juda ko‘p neyronlarga o‘tishi mumkin. I.M.Sechenov ta’biricha nerv tizimining faoliyati reflektor xarakteriga ega. Refleks asosida reflektor yoyi yotadi. Reflektor yoyi nerv hujayralari zanjiridan iborat bo‘lib, tarkibiga sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) 347
neyronlar kiradi. Bular orqali nerv impulsi retseptordan ish bajaruvchi a’zolarga boradi. Nerv impulsi reflektor yoyida 120m/sek tezlikda yuradi. Ko‘p xollarda reflektor yoyi tarkibiga uchinchi (oraliq) neyron kirib, sezuvchi neyron bilan harakatlantiruvchi neyronni bir-biriga bog‘lab turadi. Oddiy reflektor yoyi odatda ikki: afferent va efferent neyrondan iborat. Afferent neyronning tanasi markaziy nerv tizimidan tashqarida joylashib, orqa miya tuguni yoki bosh miya nervlari sezuvchi tugunlarining sohta unipolyar hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning pereferik o‘simtalari orqa miya nervlari yoki sezuvchi tolalari bo‘lgan bosh miya nervlari tarkibida yo‘nalib ularning uchlari retseptorni hosil qiladi. Ularning markaziy o‘simtalari orqa miya nervlarining orqa sezuvchi ildizi va bosh miya nervlari tarkibida orqa yoki bosh miyaga kiradi. Sezuvchi xujayraning bu o‘simtasi orqa miyaning kulrang moddasida yoki bosh miyaning harakatlantiruvchi o‘zagi efferent neyroni hujayralari bilan sinaps hosil qilib birikadi va nerv qo‘zg‘alishi harakatlantiruvchi neyronga o‘tadi. Harakatlantiruvchi neyron o‘simtalari orqa miya nervlarining oldingi ildizi tarkibida ish bajaruvchi a’zoga boradi. Odatda reflektor yoyi tarkibida afferent neyron bilan efferent neyron o‘rtasida oraliq neyron joylashadi. Odamning bir butun nerv tizimi shartli ravishda odam organizmining ikki asosiy: o‘simlik va hayvoniy a’zolar qismlariga mos ravishda somatik va vegetativ yoki avtanom nerv tizimlariga bo‘linadi. Somatik nerv tizimi ko‘ndalang targ’il mushaklar va terini innervatsiya qilib, organizmni tashqi muhit bilan bog‘laydi. Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolarning silliq mushaklarini, bezlarni, yurak- qon tomirlar faoliyatini, a’zo va to‘qimalarda modda almashinuvini innervatsiya qiladi. Vegetativ nerv tizimi o‘z navbatida ikki: simpatik va parasimpatik qismlarga bo‘linadi. Nerv tizimining somatik va vegetativ qismlarga bo‘linishi shartli ravishda, chunki organizmning butun hayoti nerv tizimining barcha qismlarini bosh miya po‘stlog‘i boshchiligida bir-biriga bog‘lanib qilgan faoliyatidan iborat. Shuning uchun birorta a’zo faoliyatining o‘zgarishi boshqa a’zolar faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan: jismoniy ish qilgan vaqtda mushaklarda modda almashinuvi kuchayadi va kislorodga talab oshadi. Bunga javoban reflektor ravishda o‘pka va yurakning faoliyati kuchayib, mushaklarga qon va kislorodning kelishi ko‘payadi. Topografik nuqtai nazardan nerv tizimi markaziy va periferik qismlarga bo‘linadi. Markaziy qismiga bosh va orqa miya kirib, ular kulrang va oq moddalardan iborat. Kulrang modda nerv hujayralarining to‘plami, oq modda esa nerv o‘simtalaridan tashkil topgan. Periferik qismi tarkibiga nerv ildizlari, tugunlari, chigallar va nervlar kiradi.
Bir hujayrali sodda organizmlarda (amyoba) nerv tizimi bo‘lmaydi. Ularda tashqi muhit bilan aloqa organizmning ichi va tashqarisida joylashgan suyuqlik vositasida bo‘ladi (gumoral boshqarish). Keyinchalik nerv tizimi hosil bo‘lganidan so‘ng, gumoral boshqarish uning ta’siriga o‘tib, neyro-gumoral boshqarish paydo bo‘ladi. 348
Nerv tizimi filogenezda bir nechta bosqichni o‘tadi:
I-bosqich to‘rsimon nerv tizimi. Bu bosqichda nerv tizimi (gidra) nerv hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, ularni o‘simtalari bir-biri bilan qo‘shilib to‘r hosil qiladi. Bunday hayvonlarda ikki xil hujayra: Ektodermada joylashgan retseptor hujayralar va ichkarida joylashgan effektor hujayralar tafovut qilinadi. Tanani qaysi joyiga ta’sir qilinsa ham, ichki hujayralar qo‘zg‘aladi va tirik organizm harakat qiladi. II-bosqich tugunli nerv tizimi. Umurtqasiz hayvonlarda nerv hujayralar to‘planib nerv tugunlarini hosil qiladi va «tugunli nerv tizimi» paydo bo‘ladi. Nerv o‘simtalarining to‘planishidan nerv dastalari hosil bo‘ladi. Bunda nerv o‘simtalari ma’lum bir yo‘nalishga ega bo‘ladi. Nerv dastalari tugunlarni ikki yo‘nalishda: ko‘ndalangiga- segmentlar ichida, bo‘ylamasiga - har xil segmentlar o‘rtasidagi tugunlarni bir-biriga qo‘shib turadi. Shuning uchun ularning ma’lum nuqtalaridagi ta’sirot ma’lum segment sohasiga tarqaladi. Nerv tugunlari hayvonlarni bosh qismida ko‘proq to‘plangan bo‘lib sezgi a’zolari bilan bog‘lanadi.
III-bosqich naysimon nerv tizimi. Umurtqali hayvonlarda nerv hujayralari bir-biri bilan bog‘lanib uzluksiz nerv tizimchasini hosil qiladi. Uning ichida bo‘shlig‘i bo‘ladi. Bu bosqichda nerv tizimi bir xil segmentlardan iborat bo‘lib, neyronlarning o‘simtalari ma’lum bir segmentga tegishli sohaga tarqaydi.
Odamning markaziy nerv tizimi pushtning tashqi varag’i ektodermadan taraqqiy etadi. Pusht tanasining dorsal qismlarida ektoderma hujayralari nerv (medullyar) plastinkani hosil qiladi. Dastlab u bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, keyinchalik bu hujayralardan spongioblastlar (tayanch to‘qima-neyrogliyani hosil qiluvchi) va nerv hujayralarini hosil qiluvchi neyroblastlar takomillashadi. Medullyar plastinka hujayralarining ko‘payishi uning turli qismlarida har xil bo‘lgani uchun u bukilib medullyar egat hosil bo‘ladi. Uning chekkalari o‘sishi natijasida sekin-asta ko‘tariladi va o‘zaro birikib nerv nayini hosil qiladi. Nerv nayi birikish davrida uch qavatdan iborat bo‘lib, keyinchalik ichki qavatidan qorinchalar va markaziy kanalni ichini qoplagan ependima qoplamasi, o‘rta qavatdan miyaning kul rang moddasi hosil bo‘ladi. Tashqi qavatda hujayralar bo‘lmay miyaning oq moddasiga aylanadi. Nerv nayi markaziy nerv tizimining kurtagi bo‘lib, uning orqa qismidan orqa miya taraqqiy etadi. Nerv nayining oldingi qismi homila hayotining 3 haftasi oxirida kengayib, uchta birlamchi miya pufakchalarini hosil qiladi. Oldingi miya pufagi old tomonda oxirgi qatlam
oldingi va orqadagisi homila taraqqiyotining 2 oyida ikkiga bo‘linadi va bir-biriga qo‘shilgan beshta miya pufagi hosil bo‘ladi. Bunda orqa miya pufagi ko‘ndalang egat yordamida uzunchoq miya (myelencephalon) va ortqi miya (metencephalon) ga bo‘linadi. O‘rta miya pufagi o‘zgarmaydi va o‘z nomini saqlab qoladi. Oldingi miya pufagi ham oraliq miya (diencephalon) va oxirgi miya (telencephalon) ga bo‘linadi. Hosil bo‘lgan beshta miya pufaklari biri ketidan biri joylashadi. Dastlab uning devori yupqa bo‘lib, bir qavat epiteliydan iborat bo‘ladi. Tez orada miya pufakchalari o‘sishida ma’lum bir o‘zgarish kuzatiladi. Oldingi miya pufagi tez
349
o‘sib, bo‘ylama egat yordamida o‘ng va chap yarimsharlarga bo‘linadi. Yarimsharlar orqa tomonga qarab o‘sib, miyaning boshqa qismlari ustini qoplaydi. Bu orada bosh miya qismlari o‘rtasida sagittal sathda uchta bukilma hosil bo‘ladi. Birinchi tepa bukilmasi oxirgi va oraliq miya o‘rtasida, ikkinchi ensa bukilmasi ortqi miya pufagi bilan orqa miya o‘rtasida, uchinchisi esa ko‘prikning o‘rqa qismida bo‘lib, oldinga qaragan. Keyingi davrlarda miya pufakchalari bir xil o‘zgarib, miyani alohida qismlarini hosil qiladi. Beshinchi miya pufagidan uzinchoq miya hosil bo‘ladi. Ortqi miya pufagidan rombsimon miya siqig‘i (isthmus rhombencephali) ajrab chiqib, undan miyachaning yuqori oyoqchalari va yuqori miya yelkani hosil bo‘ladi. Ortqi miyani ventral qismidan ko‘prik va dorsal qismidan miyacha hosil bo‘ladi. Rombsimon miyaning umumiy bo‘shlig‘i IV qorinchaga aylanadi. O‘rta miya sohasidagi nerv nayi tekis o‘sadi. Uning ventral qismidan miya oyoqchalari, dorsal qismidan esa o‘rta miya tomi plastinkasi hosil bo‘ladi. Oraliq miya pufagi lateral devori sezilarli darajada o‘sib ko‘ruv do‘mbog‘ini hosil qiladi. Oraliq miya pufagini yon devorlaridan yon tomonga ko‘z pufakchalari o‘sib chiqadi, orqa devoridan esa shishsimon tana (epifiz) taraqqiy etadi. Pastki devoridan kulrang tepalik, voronka, hamda gipofizning orqa bo‘lagi hosil bo‘ladi. Oraliq miya pufagi bo‘shlig‘i III qorinchani hosil qiladi.
Oxirgi miya pufagi ikkiga bo‘linganidan uning bo‘shlig‘i ham ikki qismga bo‘linadi. Yarimsharlar tez o‘sib sekin-asta miyani o‘zidan pastda joylashgan qismlarini ust va yon tomondan qoplaydi. Yarimsharlar devorining notekis va tez o‘sishi natijasida egatlar paydo bo‘ladi.
Orqa miya Orqa miya (medulla spinalis) tashqi tomondan oldindan orqaga qarab biroz yassilangan silindr shaklidagi tizimcha ko‘rinishiga ega. Uning ko‘ndalang o‘lchami kengroq. Orqa miya umurtqa kanali ichida joylashib (120-rasm), katta teshikni pastki chekkasida bosh miyaga o‘tib ketadi. Bu sohada orqa miyadan o‘ng va chap birinchi orqa miya nervlarining ildizi chiqadi. Orqa miyaning pastki qismi torayib, miya konusini (conus medullaris) hosil qilib I-II bel umurtqalari sohasida tugaydi. Undan pastga tomon ingichka oxirgi ipga (filum terminale) davom etadi. Oxirgi ipning 15 sm cha keladigan II dumg‘aza umurtqasi sohasigacha joylashgan yuqori qismi tarkibida nerv to‘qimasi bo‘lib, uni ichki qism deyiladi. Uning atrofida bel va dumg‘aza nervlarining ildizlari joylashgan bo‘lib, orqa miya qattiq pardasidan hosil bo‘lgan yopiq qopcha bilan o‘ralgan. II dumg‘aza umurtqasidan pastda oxirgi ipni 8 sm keladigan tashqi qismi joylashadi. U orqa miyani o‘ragan uch qavat pardaning davomi bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, II dum umurtqasi suyak pardasiga birikib ketadi. 120-rasm. Orqa miyaning oldingi yuzasi. 1-medulla oblongata; 2-intumescentia cervicalis; 3-fissura mediana ventralis; 4-sul. ventrolateralis ; 5-intumescentia lumbosacralis; 6-conus medullaris.
350
Orqa miyaning uzunligi katta yoshdagi odamlarda o‘rta hisobda 43 sm (erkaklarda 45, ayollarda 41-42 sm), og‘irligi 34-38 g yoki bosh miya og‘irligining 2% teng. Uning kengligi bor bo‘yiga bir xil bo‘lmay, bo‘yin va bel-dumg‘aza qismlarida kengaygan. Bo‘yin kengaymasi (intumecentia cervicalis) C V -C
va Th I segmentlari sohasida joylashgan. Bel-dumg‘aza kengaymalari (intumecentia lumbosacralis) L I -V
va S I-IV
segmentlari sohasida loylashgan. Bu sohalar qo‘l va oyoqni innervatsiya qilishda ishtirok etgani uchun nerv hujayralari va tolalari soni ko‘p bo‘ladi.
121-rasm. Orqa miyaning ko‘ndalang kesmasi. 1-cornu posterius; 2-sul. medianus posterior; 3-sul. intermedius posterior; 4-sul. dorsolateralis; 5-sulcus lateralis anterior; 6-fissura mediana ventralis; 7- commissura anterior alba; 8- cornu ventrale; 9-cornu laterale.
Orqa miyaning oldingi yuzasidagi oldingi o‘rta yorig‘ (fissura mediana anterior) va orqa yuzasidagi orqa o‘rta egat (sulcus medianus posterior) uni ikki simmetrik bo‘lakka ajratadi. Orqa miyaning har bir bo‘lagi oldingi yon egat (sulcus anterolateralis) va orqa yon egat (sulcus posterolateralis) vositasida uchta: oldingi, o‘rta va orqa tizimchalarga ajraladi. Yon egatlardan orqa miya nervlarining oldingi va orqa ildizlari chiqadi. Oldingi ildiz (radix ventralis) orqa miyaning kulrang moddasini oldingi shoxida joylashgan harakatlantiruvchi hujayralarining o‘simtalaridan iborat. Orqa ildizni (radix dorsalis) orqa miya tugunida (ganglion spinale) joylashgan sohta unipolyar hujayralarning markaziy o‘simtalari hosil qiladi. Orqa miyaning bor bo‘yiga 31 juft ildiz chiqadi. Ular umurtqalararo teshikning ichki tomonida o‘zaro qo‘shilib, 31 juft orqa miya nervini (n. spinalis) hosil qiladi. Orqa miyaning ikki juft (ikkita oldingi, ikkita orqadagi) ildizlari o‘rtasidagi qismi segment deb ataladi. Orqa miyada 31 ta: 8 bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 1 ta dum segmentlari tafovut qilinadi.
Orqa miyani ko‘ndalangiga kesib ko‘rganimizda (121-rasm) u ikki xil: uning markazida uchayotgan kapalak yoki «H» harfiga o‘xshab joylashgan kulrang modda va uni o‘ragan oq moddadan iborat.
Kulrang moddani (substantia grisea) o‘rtasida orqa miyaning markaziy kanali (canalis centralis) joylashgan. U nerv nayining qoldiq bo‘shlig‘i bo‘lib, ichida orqa miya suyuqligi oqadi. Uning yuqori uchi IV qorinchaga qo‘shilsa, pastki uchi biroz kengayib, oxirgi qorinchani (ventriculus terminalis) hosil qiladi. Markaziy kanal ependima bilan qoplangan, uning atrofida markaziy liqildoq modda (substantia gelatinosa centralis) joylashgan.
Kulrang modda markaziy kanalning o‘ng va chap tomonlarida simmetrik joylashgan kulrang ustunlar (columnae griseae) hosil qiladi. Bu ustunlar markaziy kanalni oldingi va orqa tomonida oldingi va orqa kulrang bitishmalar vositasida birikkan. Har bir kulrang ustunda uning oldingi qismi-oldingi ustun (columna
VIII
, Th I-XII
, L I-II
va S
II-IV
segmentlar sohasida yon ustunlar (columna lateralis) hosil bo‘ladi. 351
Orqa miyaning ko‘ndalang kesimida kulrang modda ustunlari ikki tomonda shoxlar shaklida bo‘ladi. Unda keng oldingi shox (cornu anterius), nisbatan ingichka orqa shox (cornu posterius) va yon shox (cornu lateralis) tafovut qilinadi. Oldingi shoxda yirik harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan. Oldingi shoxda joylashgan hujayralar quyidagi o‘zaklarni: oldingi yon o‘zak (nucleus anterolateralis), oldingi o‘zak (nucleus anterior), oldingi medial o‘zak (nucleus anteriomedialis), orqadagi yon o‘zak (nucleus posterolateralis), orqadagi medial o‘zak (nucleus posteromedialis), markaziy o‘zak (nucleus centrlis) hamda qoshimcha va diafragma nervi o‘zaklarni hosil qiladi. Orqa shoxda mayda hujayralar to‘plangan bo‘lib, ularda orqa ildiz tarkibida yo‘naluvchi orqa miya tuguni sohta unipolyar hujayralarining markaziy o‘simtalari tugaydi. Orqa shox hujayralari oraliq neyronni hosil qiladi. Orqa shox hujayralarining asosiy qismini uning xususiy o‘zagi (nucleus proprius) hujayralari hosil qiladi. Bundan tashqari orqa shoxda chekadagi o‘zak (nucleus marginalis), dirildoq o‘zak (nucleus gelatinosa) va boshqa o‘zaklar bor. Yon shoxda oraliqdagi lateral o‘zak (nucleus intermediolateralis), oraliqdagi medial o‘zak (nucleus intermediomedialis) va orqa ko‘krak o‘zagi (nucleus thoracicus posterior) va boshqa o‘zaklar joylashgan.
Orqa miyaning oq moddasi (substantia alba) egatlar bilan uchta tizimchaga ajralgan. Oldingi tizimcha (funiculus anterior) oldingi o‘rta yorig‘ bilan oldingi yon egat o‘rtasida joylashgan. Oq moddada oldingi o‘rta yorig‘ni orqa tomonida oldingi oq bitishma (commissura alba) joylashgan. U o‘ng va chap oldingi tizimchalarni biriktirib turadi. Orqa tizimcha (funiculus posterior) orqa o‘rta egat bilan orqa yon egatlar o‘rtasida joylashgan. Orqa tizimcha bo‘yin va yuqori ko‘krak segmentlari sohasida oraliq egat (sulcus intermedialis posterior) bilan ikki: nozik dasta (faciculus
Yon tizimcha (funiculus lateralis) esa oldingi va orqa yon egatlar o‘rtasidagi oq moddadan iborat. Orqa miyaning oq moddasi nerv hujayralari o‘simtalaridan iborat bo‘lib, ular orqa miya o‘tkazuv yo‘llarini hosil qiladi. Oldingi tizimchada asosan pastga yo‘naluvchi: oldingi po‘stloq-orqa miya yo‘li, retikulo- orqa miya yo‘li, oldingi orqa miya-talamus yo‘li, qopqoq-orqa miya yo‘li va dahliz-orqa miya yo‘li o‘tadi. Yon tizimcha tarkibida pastga tushuvchi va yuqoriga ko‘tariluvchi: orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi oldingi va orqa yo‘llar, lateral po‘stloq-orqa miya yo‘li, qizil o‘zak-orqa miya yo‘li o‘tadi. Orqa tizimchada orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi propriotseptiv sezgi yo‘li yo‘nalgan bo‘lib, bo‘yin segmentlari sohasida nozik va ponasimon dastalarga bo‘linadi.
Orqa miya nerv nayining orqa qismidan taraqqiy etadi. Dastlabki davrda nerv nayini devori bir xil qalinlikka ega bo‘ladi. Keyinchalik uni yon qismlari tez o‘sib kengaya boshlaydi. Oldingi va orqa devorlari o‘sishdan qolib, asta-sekin tez o‘sayotgan yon devorlari ichiga botib kiradi. Natijada orqa va uzunchoq miyaning oldingi va orqa o‘rta egatlari paydo bo‘ladi.
352
Nerv nayi bo‘shlig‘ining ich tomoni yon devorida uncha chuqur bo‘lmagan bo‘ylama chegaralovchi egatlar paydo bo‘lib, nerv nayining yon qismlarini oldingi asosiy va orqa qanotsimon plastinkalarga ajratadi. Asosiy plastinkadan kulrang moddaning oldingi ustuni va uni o‘ragan oq modda yoki harakatlantiruvchi neyronlarining o‘simtalari rivojlanadi. Qanotsimon plastinkadan esa kulrang moddaning orqa ustuni oraliq neyronlar tanasi va ularni o‘ragan oq modda yoki orqa tizimcha, sezuvchi neyronlarning o‘simtalari rivojlanadi. Nerv nayi bilan ektoderma o‘rtasida joylashgan medulyar taroqchadan nerv nayining birikish davrida ganglioz plastinka hosil bo‘ladi. Bu plastinka ikki simmetrik ganglioz bolishga bo‘linib, nerv nayini yon tomoniga suriladi. Keyinchalik undan orqa miya tuguni va bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlari hosil bo‘ladi. Ganglioz bolish hujayralari shuningdek vegetativ nerv tizimi periferik qismini hosil qiluvchi kurtak hamdir. Orqa miya tugunida joylashgan neyroblastlar bipolyar hujayralar shaklida bo‘ladi. Ularning markaziy tolalari orqa miyaga kiradi va sezuvchi orqa ildizni hosil qiladi. Pereferik o‘simtalari tashqariga yo‘naladi va har xil turdagi retseptorlarni hosil qiladi. Homila hayotining boshlang‘ich davrlarida nerv nayi tananing bor bo‘yiga cho‘zilgan, keyinchalik uning kaudal qismi reduktsiyaga uchraganidan so‘ng bo‘lajak orqa miyani pastki qismi asta-sekin torayadi va oxirgi ipni hosil qiladi. Homila taraqqiyotining boshlang‘ich davrida orqa miya umurtqa kanalining bor bo‘yiga joylashgan bo‘ladi. Uchinchi oydan boshlab orqa miyaning o‘sishi umurtqa kanalidan orqada qola boshlaydi. 4 oylik homilada orqa miya I dumg‘aza yoki V bel umurtqasi sohasida bo‘lsa, 7 oylikda III-IV bel umurtqasiga yetadi. Yangi tug‘ilgan bolada II- yoki III- bel umurtqasi pastki qirrasida bo‘lsa, bir yoshda I-II bel umurtqalari sohasiga yetadi va keyinchalik bu chegara o‘zgarmaydi. Umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning uzunligi bir-biriga mos kelmasligi natijasida nervlar yo‘nalishi o‘zgaradi va bel, dumg‘aza nervlaridan otning dumi hosil bo‘ladi. Bo‘yin va bel kengaymalari bola hayotining birinchi yilida ancha tez takomillashadi. Yangi tug‘ilgan bolada orqa miyaning uzunligi 14-16 sm bo‘lib, 10 yoshda ikki barobar uzayadi. U eniga sekin o‘sib, 12 yoshda 2 marta kattalashadi va keyingi davrlarda o‘zgarmaydi. Yangi tug‘ilgan bola orqa miyasi og‘irligi 5,5 g bo‘lib, bir yoshda 10 g, 7 yoshda 19 g va 20 yoshda 30 g bo‘ladi. Orqa miyaning markaziy kanali kattalarga nisbatan kengroq. Bola hayotining birinchi ikki yilida kulrang va oq moddalar massasi ko‘payishi bilan birga markaziy kanal torayadi.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling