Umumiy ma’lumotlar. Xom ashyo mahsulotlari olinishi Ohaktosh kuydirish. Gidratli ohak
Download 102.19 Kb.
|
Хавода котувчи богловчи моддалар (охак)
Mavzu: Xavoda kotuvchi bog`lovchi moddalar (oxak) Reja 1 Umumiy ma’lumotlar. 2 Xom ashyo mahsulotlari olinishi Ohaktosh kuydirish. 3 Gidratli ohak. 4 Ohak hamiri. Umumiy ma’lumotlar. Ohak (gips kabi) - qadimiy bog‘lovchi moddadir. Uning bizning eramizdan qadar bir necha ming yillar burun qo‘llaganlar. Havoda qotuvchi ohak kalsiyli - magniyli karbonat tog‘ jinslarini mo‘tadil kuydirish natijasida hosil bo‘lgan mahsulot. Xom ashyo sifatida: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh, tarkibida 6% dan ortiq tuproq bo‘lmagan tog‘ jinslari xizmat qiladi. Agar 6% dan ortiq tuproq bo‘lsa kuydirilgan mahsulot suvda qotishi xususiyatiga ega bo‘lib, suvda qotuvchi gidravlik ohak deb ataladi. Aktiv mineral qo‘shilmalar sifatida tabiiy yoki sun’iy hosil bo‘lgan nordon (kislotali) qo‘shilmalar: trepel, opoka, tuf, pemza, shlak, kul va boshqalar kiritiladi. Havoda qotuvchi ohak keyingi kuydirilgan mahsulot xususiyatiga bog‘liq holda so‘ndirilmagan (bo‘lakli va tuyilgan) va so‘ndirilgan gidratli (kukun ohak va ohakli hamiri)ga bo‘linadi. So‘ndirilmagan ohak ayrim hollarda qaynama ohak ham deb yuritiladi. U kalsiy oksidi SaO, so‘ndirilgan ohak Sa(ON)2 dan iborat. Ohak hamiri Sa(ON)2 bilan bir qator tarkibida birmuncha miqdorda mexanik aralashgan suv ham bo‘ladi. So‘ndirilmagan bo‘lakli ohak — kuydirilgan bo‘lakli ohakni ifoda etadi. U asosan tarkibida ohak bo‘laklari va yongan yonilg‘i kullari aralashmalaridan iborat bo‘ladi. So‘ndirilmagan to‘yingan ohak - bo‘lakli ohakni tuyish bilan olingan kukunsimon mahsuloti. Gidratli ohak - yuqori dispersli kukunsimon mahsulot uni bo‘lakli yoki maydalangan ohakni so‘ndirib, quritish yo‘li bilan olinadi. Ohak hamiri - tuyilgan yoki bo‘lakli ohakni so‘ndirilgan hamirsimon mahsuloti. Tarkibi Mg(OH)2, Ca(OH)2 – 50-55% dan ortiq mexanik bog‘langan suv 50-45% dan iborat. So‘ndirish paytida ajralib chiqayotgan ohak haroratga qarab quyi termik (harorati 700S past) va yuqori termik (harorati 700S dan yuqori) bo‘ladi. So‘ndirish tezligiga qarab esa ohak tez so‘nuvchan (8 minutgacha) sekin so‘nuvchi (25 minutdan ko‘p) o‘rtacha so‘nuvchi — 25 minutdan ko‘p bo‘lmaganlariga bo‘linadi. Ohakning eng muhim sifat belgilari: aktivlik -so‘ndirilishiga moyil bo‘lgan SaO, Mg oksidlarning foiz miqdori; so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori, (o‘ta kuygan, chala kuygan) so‘nish vaqti. Havoda qotuvchi ohak asosidagi qurilish qorishmalarining mustahkamligi past. Havoda qotgan ohakli qorishmalar 25 sutkada havoda qotgandan keyin siqilishga bo‘lgan mustahkamligi: so‘ndirilgan ohakniki 0,5-1 MPa, tuyilgan so‘ndirilmagan ohakniki 5MPa. Shuning uchun havoda qotuvchi ohakning navi mustaxkamligiga qarab emas, balki uning tarkibiy xususiyati bo‘yicha aniqlanadi. Ohaktosh tarkibida gil va boshqa qo‘shimchalar qanchalik kam bo‘lsa, ohakning aktivligi shuncha yuqori, so‘nish tez boradi, hamda ohak hamiri ko‘p hosil bo‘ladi. Quruq moddaga hisoblanganda aktiv (SaO∙MgO) ning miqdori foiz hisobida: I - nav II - nav III - nav 90 80 70 Bo‘lakli ohakda so‘ndirilmagan zarrachalar miqdori % miqdorda: 7% 11% 14% Download 102.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling