Umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori
Download 34.95 Kb.
|
Ichki nazorat hujjatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ____ -sinf oʻquvchisi _______________ ni ichki roʻyxatga olish toʻgʻrisida
T A V S I F N O M A
20--------- yilning --------- kuni tugʻilgan maktabning -sinf oʻquvchisi _______________________________________ 20- -20- oʻquv yilida maktabning 1-sinfiga qabul qilindi. U boshlangʻich sinflarda maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilib, darslarga oʻz vaqtida qatnashar, oʻqituvchi va tengdoshlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlar edi. Ammo yuqori sinflarga oʻtgan sari uning hulqida muammolar yuzaga kelib, tengdoshlariga nisbatan jizzaki, urushqoq boʻlib qola boshladi. Hususan, -sinfda dars mashgʻulotlarini ham sababsiz qoldirib, bugungi kunda bir necha fanlarni oʻzlashtirmagan. Oʻquvchi ________________ maktabning jamoat ishlarida ham qatnashmaydi. Hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan maqsadli reydlar davomida u bir necha marotaba dars vaqtida internet-kafeda bemaqsad oʻtirganligi aniqlandi (boshqa misollar). Shuningdek, oʻquvchining ota-onasi bilan oʻtkazilgan suhbatlar va targʻibot ishlari samara bermadi. Sinf rahbari __________ ___________ (imzo) F.I.Sh. (sana) -umumiy oʻrta taʼlim maktab direktorining BUYRUGʻI
Taʼlim muassasada taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirish, voyaga yetmaganlarni sogʻligi va havfsizligini taʼminlash, ular orasida huquqbuzarlik, jinoyatlar hamda boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarni oldini olish, voyaga yetmaganlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish hamda Toshkent shahar hokimining 2015 yil 12 fevraldagi “Toshkent shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 85-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman: 1. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari ... ning oʻquvchini maktabning ichki roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi murojaati qanoatlantirilsin. 2. Maktabning ___ -sinf oʻquvchisi _____________ 20- yil ___ fevraldan muassasaning ichki roʻyxatiga olinsin va unga alohida nazorat daftari yuritilsin. 3. Ichki roʻyxatga olingan ....ga sinf rahbari ..... tarbiyachi pedagog etib tayinlansin. 4. Oʻquvchiga biriktirilgan tarbiyachi-pedagog sinf rahbari, psixolog, boʻlim boshligʻi (va boshqalar)ga: oʻquvchining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida taʼlim muassasasidagi qiziqishi boʻyicha, sport va fan toʻgaraklari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar va jamoat ishlariga jalb etish choralari koʻrilsin; oʻquvchining davomati, uning taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va muassasa Ustavida belgilangan kiyinish madaniyatiga rioya etishini, tegishli oʻquv-qurollari bilan taʼlim muassasasiga kelishi hamda muassasaga taʼqiqlangan buyumlar olib kelmasligi alohida nazoratga olinsin; oʻquvchi va uning ota-onasi bilan (belgilangan muddatlarda) yakka tartibda profilaktik suhbat olib borilsin va suhbat natijalari oʻquvchining nazorat daftariga qayd etib borilsin; Oʻzbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida»gi Qonuni talablariga muvofiq mahalla fuqarolar yigʻini bilan hamkorlikda uning oilaviy sharoiti, oiladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit oʻrganilsin va tegishli profilaktik tadbirlar amalga oshirilsin; oʻquvchini taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan madaniy, maʼrifiy va ommaviy tadbirlar va jamoatchilik ishlariga kyeng jalb etish choralari koʻrilsin. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (...)ga: oʻquvchi bilan profilaktik tadbirlar tasdiqlangan «Toshkent shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarda oʻquvchilarni ichki roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma» asosida tashkil etilishi nazoratga olinsin. oʻquvchi bilan amalga oshirilgan profilaktik ishlar natijasi yuzasidan doimiy monitoring olib borilsin. Monitoring natijalariga koʻra har chorakda rahbariyatga taklif kiritish vazifalari yuklatilsin. 6. Ushbu buyruqning ijro nazorati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari ... zimmasiga yuklatilsin. Download 34.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling