Umumiy o’rta ta’lim maktabi Musiqa fani o’qituvchisi ning 3-sinflar uchun Musiqa olami
II.To`garak a`zolarinnig huquq va burchlari
Download 6.99 Mb.
|
3 Sinf Musiqa olami to\'garagi 2022-2023-yil 34 soatlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.To`garak ishini tashkil etish va rahbarlik qilish
II.To`garak a`zolarinnig huquq va burchlari
11.To`garak a`zolari quyidagi huquqlarga ega: a) qiziqishlari asosida faoliyat ko`rsatayotgan to`garaklar turini tanlash va ishtirok etish; b) ta`lim muassasasi o`quv-texnologik jihozlari, axborot-resurs markazi jamg`armasi va jihozlaridan foydalanish; v) to`garak faoliyatini yaxshilash bo`yicha o`z takliflarini ta`lim muassasasi rahbariyatiga og`zaki yoki yozma bildirish. 12.To`garak a`zolarinng burchlari: a) tuzilgan jadval asosida to`garak ishida qatnashish, to`garak mashg`ulotlarini sababsiz qoldirmaslik; b) ta`lim muassasasi o`quvchilari orasida to`garak , uning mohiyati va afzalliklari to`g`risida tushuntirish ishlarini olib borish; v) kasbiy va nazariy bilimlarini muntazam oshirib borish; g) konkurs va tanlovlarda ishtirok etish; d) to`garak mashg`ulotlari uchun zarur bo`lgan barcha Darslik, o`quv qo`llanma va daftarlarni olib kelish; e) texnika xavfsizligi va sanitariya gigiena me`yorlariga rioya qilish. III.To`garak ishini tashkil etish va rahbarlik qilish 13.Ta`lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to`garaklar tashkil etiladi. 14.Ta`lim muassasalarida tashkil qilingan to`garaklar ishini nazorat qilish ta`lim muassasasi direktorining ma`naviy – ma`rifiy ishlari bo`yicha o`rinbosari zimmasiga yuklatiladi. 15.Ta`lim muassasasida faoliyat ko`rsatayotgan pedagog yoki ishlab chiqarish ta`limi ustasi ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida fan to`garagini tashkil etadi. 16. Har bir to`garakdagi o`quvchilar soni 5 nafardan kam bo`lmasligi kerak. 17.To`garak yonalishini o`ziga xosligiga ko`ra (cholg`u ansambli , xor, raqs, sport turlari va boshqalar) chuqurlashtirilgan mualliflik dasturlari mavjud bo`lganda , alohida iste`dodga ega bo`lgan o`quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borilishi mumkin. 18.To`garak rahbarlari ta`lim muassasasining asosiy shtatidagi o`qituvchilar tarkibidan ilmiy-pedagogik kengash qarori asosida ta`lim muassasasi direktori buyrug` bilan tayinlanadi. 19.To`garak rahbari to`garak ishiga javobgar shaxs hisoblanadi va o`z faoliyati yuzasidan ilmiy-pedagogik kengashga hisobot berib boradi. 20.To`garak rahbari zimmasiga : a)o`z bilimi , ma`naviy-axloqiy fazilatlari va kiyinish odobi bilan o`quvchilarga o`rnak bo`lishi; b) to`garak obro`si, ta`lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo`lida faollik ko`rsatish; v) o`quvchilarni O`zbekiston Respublikasi qonunlari, ota-onalar hamdama`naviy , tarixiy, milliy, va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash; g) iqtidorli o`quvchlarni izlab topish va ularni to`garaklarga jalb qilish ; d) fanlardan o`zlashtirish darajasi nisbatan past bo`lgan o`quvchilarni mazmunan shu fanlarga mos bo`lgan to`garaklarga jalb qilish; e) to`garak o`tkaziladigan o`quv xonasini to`garak yo`nalishiga mos ravishda to`garaklarga jalb qilish; j) to`garak a`zolari orasidan qobiliyatli o`quvchilarni taqdirlash va rag`batlantirish to`g`risida ilmiy-pedagogik kengashga taklif kiritish; i) bajarilgan ishlar bo`yicha yarim yillik va bir yillik hisobotlarini tayyorlash; l) to`garak ishini havsizlik texnikasi qoidalari va sanitari-gigiyna meyorlari asosida tashkil qilish vazifalari yuklatiladi. 21.To`garak raxbarlarida quyidagi meyoriy-xuquqiy xujjatlar bo`lishi lozim: a)Ta`limi muassasalarida to`garaklarni tashkil qilish nizomi; b)Ta`limi muassasalarida to`garaklarni tashkil etish tartibi; v)to`garak dasturini tuzish bo`yicha uslubiy tavsiyalar; g)ilmiy-pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan to`garakning yillik ish rejasi; d)o`quvchilar davomatini qayd qilish jurnali; e)to`garak ish jadvali; j)to`garakka qatnashuvchi o`quvchilarning ro`yxati. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling