Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniy tadbirlarni tashkil etishda repertuar tanlash va sahnalashtirishning padagogik aspektlari annotatsiya


Download 39.05 Kb.
bet1/6
Sana12.10.2023
Hajmi39.05 Kb.
#1700048
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Madaniy tadbir


UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISHDA REPERTUAR TANLASH VA SAHNALASHTIRISHNING PADAGOGIK ASPEKTLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa darslarini o‘rgatishning zamonaviy usullari xususida fikr-mulohazalar bildirib o‘tilgan. Shuningdek, madaniy tadbirlarni tashkil etishda musiqa darslarni pedagoglar tomonidan tashkil etish metodlari, usullari va zamonaviy interaktiv o‘qitish haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Ilmiy tadqiqotda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda uning natijalari, mavzu dolzarbliligiga oid takliflar yoritilgan. Bundan tashqari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniy tadbirlarni tashkil etishda repertuar tanlash va sahnalashtirishning padagogik aspektlari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: musiqa san’ati, madaniy tadbir, pedagog, zamonaviy usullar, maktab o‘quvchilari, milliy san’at, intereaktiv o‘qitish, ssenariy, pedagogik aspektlar
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОДБОРА РЕПЕРТОРА И ЭТАП ОРГАНИЗАЦИИ КУЛЬТУРНОГО МЕРОПРИЯТИЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАЮЩЕЙ ШКОЛЕ
Аннотация: В данной статье высказываются мнения о современных методах преподавания уроков музыки в общеобразовательных школах. Также представлена ​​подробная информация о методах и методах организации уроков музыки педагогами и современном интерактивном обучении при организации культурно-массовых мероприятий. В научном исследовании освещаются проведенные в сфере реформы и их результаты, предложения, связанные с актуальностью темы. Кроме того, подробно рассмотрены педагогические аспекты подбора и постановки репертуара при организации культурно-массовых мероприятий в общеобразовательных школах. Ключевые слова: музыкальное искусство, культурное мероприятие, педагог, современные методы, школьники, национальное искусство, интерактивное обучение, сценарий, педагогические аспекты.
PEDAGOGICAL ASPECTS OF REPERTORY SELECTION AND STAGE IN ORGANIZING CULTURAL EVENTS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS
Abstract: In this article, opinions are expressed about modern methods of teaching music lessons in secondary schools. Also, detailed information about the methods and methods of organizing music lessons by pedagogues and modern interactive teaching in the organization of cultural events is provided. In the scientific research, the reforms implemented in the field and its results, proposals related to the relevance of the topic are highlighted. In addition, pedagogical aspects of repertoire selection and staging in the organization of cultural events in general secondary schools were discussed in detail. Key words: musical art, cultural event, pedagogue, modern methods, schoolchildren, national art, interactive teaching, script, pedagogical aspects
KIRISH.
Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniy tadbirlarni tashkil etishda musiqa ta'lim-tarbiyasining maqsadi va vazifasi nihoyatda muhim. Yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan va qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o'quvchining musiqiy iqtidorini rivojlantirib, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o'quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish- maktab musiqa ta'lim-tarbiyasining asosiy vazifasidir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish asosida o'qitish samaradorligini oshirish davr talabi sifatida barcha pedagog o'qituvchilar qatorida musiqa o'qituvchisining ham zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.Har qanday fanni, shu jumladan musiqa madaniyati darslarini o'qitish jarayonida ham faollashtirilgan, o'quvchilarni darsning faol ishtirokchilariga, mustaqil fikrlovchi, mushohada qiluvchi,o'z fikrlarini bildira oluvchi shaxs sifatida namoyon qilishi 9 uchun imkoniyat yaratuvchi-bu o'qituvchidir. O'qituvchi o'zi va o'quvchilar uchun qulay va qiziqarli bo'lgan o'qitish usullari, yo'llari, shakllari, vositalari bilan birgalikda ulardan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi, ilg'or pedagogik texnologiyalar yordamida o'quv jarayonisamaradorligini oshirishga harakat qiladi. Shu boisdan ham innovatsion pedagogik texnologiya, ta'lim texnologiyalariga o'quv jarayonidagi eng samarali vositalar sifatida qaralmoqda. Ulardan bugungi kunda jahon pedagogikasi amaliyotida keng foydalanilmoqda. Interaktiv usullar orqali o'qitish va muloqotli ta'lim berish, standart o'qitishning resursi bo'lib hisoblanadi. Kichik guruhlarda o'qitish va ishlash usulini qo'llash natijasida o'qitish jarayonini jaddalashtirish mumkin, ya'ni rivojlanish potensialini yuqori darajaga ko'tarish, mashg'ulot mazmunini chuqur va keng miqyosida o'zlashtirishga sharoit yaratadi. Faol o'qitish usullardan hammasi xam interaktiv usullariga kirmaydi. Interaktiv o'qitish usullari deganimizda, avvalo, o'quvchilar orasida mavzuni o'rganish va o'zlashtirish usuli o'zaro muloqot va o'qitish jarayonini psixologik mexanizm nuqtasidan kuchaytiradiganlarni tushunish zarur. Bular orasida birinchi navbatda madaniy tadbirlarni tashkil etishda kichik guruhlarda ishlash misol bo'ladi. Kichik guruhlarda ishlash usullarini bugungi kunda o'qitish jarayonida kam qo'llanilishining sabablari ko'p bo'lib, ular orasida eski rusumli, ya'ni tushuntirish, demonstratsion va illustrasiya qilish usullari ustin bo'lib saqlanishi va yangi, innovatsion, muloqotga asoslangan o'qitish usullariga ishonch bo'lmaganligi bo'lib hisoblanadi. Bundan tashkari, interaktiv o'qitish usullarini o'qituvchilarning o'zlari ham bilmasligi, metodik tayyorgarlik yetishmovchiligi bu usullarning keng tarqamasligining sababi bo'ladi. Birgina teatrda qo‘yiladigan spektakllar va yakka ijro etiladigan asarlar to‘plamiga repertuar deyiladi. Repertuar tanlash va ijro etish uchun munosib asarni izlab topish demakdir. O‘quvchi va o‘rganuvchilar bilan ishlash uchun repertuar tanlaganda butun diqqat e’tibor sistemali, muntazam o‘rganish jarayoniga qaratilishi kerak. Buning uchun qilinadigan ishlarning oddiydan murakkabga, osondan –qiyinga tomon bo‘lgan yo‘nalishi va ana shu yo‘ldagi izchillikka rioya qilinishi shart. Shunga ko‘ra, so‘z ustida ishlaganda quyidagi bosqichlarni albatta o‘tash kerak. 1.Manzara. 2.Kam voqeali parcha 3.Ko‘p voqeali parcha 4.Turli janrga oid parchalar 5.To‘liq asar yoki murakkab parchalar. Manzara ijrochilik foaliyatining dastlabki davriga oid bo‘lib o‘quvchida tabiiylik, ko‘rish, muomala kabi xususiyatlarni tarbiyalashda qulaylik tug‘diradi.

Download 39.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling