Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

1-rasm. 1 – tog‘dagi kavraklar; 2 – tog‘ yonbag‘ridagi 
xandon pista; 3 – cho‘ldagi saksovullar; 4 – dashtdagi 
shirachlar; 5 – tog‘ o‘rmoni; 6 – tog‘ daryosi.
1
2
3
4
5
6


5
tabiati, musaffo havosi, zilol suvlari bilan kishilarni 
maftun etadi.
O‘lkamiz tabiati hayvonot olami bilan ham boy-
dir. Tog‘lar 
da, cho‘llarda, o‘rmonlarda, daryo va ko‘l 
bo‘ylarida turli xil jonzotlar hayot kechiradi (2-rasm). 
Tog‘lardan boshlanadigan sersuv daryolar aholini, 
bog‘ va dalalarni suv bilan ta’minlaydi. 
Tog‘lar oralig‘ida ko‘plab qishloqlar joylashgan. Bu 
yerlarning tabiati o‘zgachadir. Tabiati go‘zal tog‘ yonba-
g‘irlarida dam olish oromgohlari va sihatgohlar tashkil 
etilgan. Oromgoh va sihatgohdagilar uchun toza tog‘ 
havosi va zilol suvlari shifodir.
2-rasm. 1 – qo‘ng‘ir ayiq; 2 – tog‘ echkisi; 3 – olako‘zan;
4 – laylaklar; 5 – kapalak; 6 – qirg‘iy.
1
2
3
4
5
6


6
O‘lkamizdagi shaharlarning ko‘rinishi ham juda maf-
tunkor. Sha 
har lar yildan yilga go‘zallashib bormoqda. 
Bir-biridan chiroyli va hashamatli binolar qurili shi bilan 
bir qatorda ko‘plab istirohat bog‘lari ham barpo etil-
di. Shahar va qishloqlarda ko‘kalamzorlashtirish va 
obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor berib kelin-
moqda. Har yili erta bahorda hashar yo‘li bilan yo‘l 
chetlariga, binolar atrofi ga ko‘plab manzarali daraxt 
ko‘chatlari ekiladi.
Siz 4-sinf «Tabiatshunoslik» darslarida avval koinot 
bilan, so‘ngra o‘lkamizdagi daryo va ko‘llar, o‘rmonlar, 
cho‘llar, tog‘lar, adirlar tabiati bilan tanishasiz. Mamla-
katimiz tabiati xilma-xilligini bilib olganingizdan keyin 
Vatanimiz bo‘ylab sayohat qilasiz. Bunda Toshkent 
shahri, har bir viloyat va Qoraqalpog‘iston Respubli-
kasi tabi 
atini alohida o‘rganasiz.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling