Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


 Yoz fasli boshqa fasllardan nimasi bilan farq  qiladi? 2


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

1. Yoz fasli boshqa fasllardan nimasi bilan farq 
qiladi?
2. Yozda dala va bog‘larda qanday o‘zgarishlar 
bo‘ladi? 
3. Uy hayvonlari qayerda boqiladi? Ular insonlarga 
qanday foyda keltiradi? 
4. 2-rasmda qanday jonivorlar tasvirlangan? 
5. O‘lkamizning go‘zal tabiati haqida gapirib bering.
Turli o‘simliklardan gerbariy tayyorlang. 
?


7
YER – QUYOSH SISTEMASIDAGI SAYYORA

YULDUZLAR. QUYOSH
Yulduzli osmon
Tunlari osmonda son-sanoqsiz yulduzlar ko‘rinadi. 
Yulduzlar bizga mitti bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida ular-
ning har biri juda ulkan. 
Yulduz bizdan nihoyatda olisda olovdek yonib
turgan shar shaklidagi ulkan osmon jismidir.
Yulduzlarning bizdan qanday uzoqlikda ekanligini 
tasavvur qilib ko‘raylik. Ulardan tarqalayotgan nurlar 
1 sekundda 300 000 km masofani bosib o‘tadi. Nur-
ning tezligi shunday katta bo‘lsa ham, eng yaqin 
yulduzning nuri bizga 4 yilda yetib keladi. Ko‘rinib 
turgan ba’zi yulduzlar nuri bizga yetib kelishi uchun 
esa 100 yildan ortiq vaqt ketadi.
Agar diqqat bilan kuzatgan bo‘lsangiz, yulduzlar 
rang-barangdir. Ayrim yulduzlar oqish yoki ko‘kimtir. 
Ular eng qaynoq yulduzlar hisoblanadi. Bunday 
yulduzlar sirtidagi harorat +10 000°C dan +100 000°C 
gachadir. 


8
Yulduzlar orasida sarg‘ishlari 
ham bor. Ular sirtidagi harorat 
+3 000°C dan +10 000°C gacha 
bo‘ladi. 
Ayrim yulduzlar qizg‘ish tusda 
bo‘ladi. Bunday yulduzlar sirtidagi
harorat +2 000°C dan +3 000°C 
gacha bo‘ladi. 
Bulutsiz tunda 3 000 taga ya-
qin yulduzni ko‘ra olishimiz mum-
kin. Ko‘ri 
na di gan yulduzlar ortida ham son-sanoqsiz 
yulduzlar mavjud.
Olimlar azaldan yulduzlarni o‘rga nishga qiziqqanlar. 
Jumladan, buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek (1394–1449)
yulduzlarni o‘rganish uchun Samarqandda maxsus 
in shoot – rasadxona qurdirgan. Rasadxonadagi 
asboblar yordamida tekshirishlar natijalari asosida 
yulduzlarning joylashish jadvalini tuzgan. Yulduzlar-
ni o‘rganish natijalarini to‘plab, alohida kitob yozib 
qol dirgan. Ulug‘bekning bu kitobida 1 018 ta yul 
duz 
haqida yozilgan. Kitobda keltirilgan yulduzlar haqidagi 
ma’lumotlar hozirda ham katta ahamiyatga ega. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling