Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik


Yerni o‘rab turgan havo bizni kometalardan


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/59
Sana21.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1683624
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Bog'liq
Tabiatshunoslik. 4-sinf (2017, A.Bahromov, Sh.Sharipov)

 Yerni o‘rab turgan havo bizni kometalardan 
himoya qilib turadi.
Asteroidlar
Quyosh sistemasida sayyoralar va kometa-
lardan tashqari, son-sanoqsiz «daydi toshlar», 
ya’ni asteroidlar ham mavjud. Yer shari atrofi-
da juda ko‘p «daydi toshlar» sayyoramiz bilan 
yonma-yon Quyosh atrofi da aylanib 
yuradi. Ularning ayrimlari sayyo-
ramizga yaqinlashganda, Yer shari 
ularni o‘ziga tortadi. Nihoyatda 
katta tez 
lik bilan Yerga uchib ke-
layotgan bunday «daydi toshlar» 
havoda yona boshlaydi (8-rasm).
Meteorlar va meteoritlar
«Meteor» so‘zi «osmon hodisa 
si» degan ma’noni 
bildiradi. Osmon da meteorlarni, ya’ni «uchar yulduz-
lar»ni har kechada ko‘rish mumkin. Deyarli barcha 
meteorlar Yer yuziga yetib kelmasdan yonib tamom 
bo‘ladi.
 Havoda yonib, yorug‘ iz qoldiradigan osmon 
jismi meteor deb ataladi.
8-rasm. Asteroid.


20
Meteorlar kam hollarda yonib tugamasdan Yer sir-
tiga tushadi. 
Yerga tushgan meteorlar meteoritlar deb 
ataladi. 
Meteoritlar odatda bir necha kilogramm 
dan bir 
necha tonnagacha bo‘ladi. Ular, asosan, tosh, temir 
va boshqa moddalardan iborat.
Agar Yer sirtini havo o‘rab turmaganida, sayyora-
mizga har kuni minglab meteorlar tushib shahar va 
qishloqlarni vayron qilar, Yer yuzidagi hayotni izdan 
chiqarar edi. 
 Yerni o‘rab turgan havo bizni meteorlardan 
himoya qilib turadi.
Kosmonavtikaning qisqacha tarixi, amaliy vazifalari
Kosmonavtika (yunoncha) – Yer atmosferasidan tash-
qarida koinotni kosmik apparatlar (9-rasm) yordamida 
tekshirish bilan shug‘ullanadigan ilm va amaliyot sohasi.
Kosmonavtika 20-asrning boshlaridan rivojlana boshla-
di. 1957-yil 4-oktabr kuni Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi 
uchirildi.
1961-yil 12-aprel kuni esa fazoga birinchi inson uchdi. 
Rus kosmonavti Y.A.Gagarin «Vostok–1» havo kemasida 
Yer atrofi ni 108 minut davomida aylanib uchgan.
1969-yilda amerikalik N. Armstrong va Y. Oldrin «Apol-
lo–11» havo kemasida Oyga qo‘ngan. 
O‘tgan davr mobaynida bir qancha mamlakatlar tomoni-
dan yuzlab havo kemalari uchirilib, Quyosh sistemasidagi 


21
?
sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari o‘rganildi. Shuningdek, 
Quyosh sistemasidan tashqaridagi, juda olisdagi osmon 
jismlari ham o‘rganilib, ko‘plab kashfi yotlar qilinmoqda. 
Hozirgi paytda Yerning sun’iy yo‘ldoshlari orqali 
tog‘larda, o‘rmonlarda, cho‘llarda bo‘layotgan turli tabi-
iy jarayonlar o‘rganilmoqda. Shuningdek, ular yordamida 
olimlar iqlimda, okean va dengizlarda ro‘y berayotgan 
o‘zgarishlarni oz fursatda aniqlab o‘rganmoqdalar. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling