Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
Loklash va bo‘yash. Loklash yog‘och buyumlarni yaltira tib
pardozlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri bo‘lib, bu ish buyum ning sirtiga bir necha qatlam qilib lokni surtishdan iboratdir. Loklashda spirtli, moyli va nitroloklardan foydalani- ladi. Buyumlarni loklash ishlarini quruq, iliq, yaxshi shamol- latiladigan xonada, chang va qipiqlardan xoli joyda bajarish kerak. Loklar cho‘tka yoki tampon bilan surtiladi. Tampon nam o‘tkazmaydigan bir bo‘lak paxta yoki yupqa ip gazla- maga o‘rab tayyorlanadi. Buyum sirtini tampon bilan loklash usullari 65-rasmda tasvirlangan. Buyumlar sirtini pardozlashda moybo‘yoqlar ham juda keng qo‘llanadi. Ular buyumning sirtida namga chidamli, mustahkam, himoyalash xossasiga ega bo‘lgan qatlamni ho- sil qiladi. Moybo‘yoqning kamchiligi yaxshi yaltiramasligi va 6 – Mehnat ta’limi, 5-sinf 82 sekin (taxminan 24 soatda) qurishidir. Moybo‘yoq bilan bo‘yaladigan buyum sirti avval jilvir bilan ishqalanishi, yax- shi quritilishi va changlardan tozalanishi lozim. Buyumning sirtiga moybo‘yoq cho‘tkalar bilan har xil yo‘nalishlarda surtiladi (66-rasm). Yog‘ochga ishlov beriladigan kor- xonalarda pardozlash ishlari bilan par- dozlovchilar shug‘ullanadi. Ular buyum- larni bo‘yash ishlarini mashinalar yor- damida amalga oshiradilar. Buyumlar maxsus quritkichlarda quritadi. Korxonalarda va badiiy ustaxonalarda yog‘ochni kuydirib pardoz lash ishlarini maxsus ishchilar, naqqoshlar bajaradi. Pardozlashda xavfsiz ishlash uchun: 1. Loklash, bo‘yash, jilvir bilan ishqalash, kuydirish ishlari amalga oshiriladigan xonalarda havo-tortkichli shamollatish moslamasi bo‘lishi shart. 2. Pardozlash ishlarini, ayniqsa, lok va bo‘yoqlar bilan par- dozlashni bajarishda maxsus kiyimlar va qo‘lqoplarni kiyib olish kerak. 3. Moylar tekkan tamponlar va lattalarni ustaxonada qoldirib ketmaslik lozim, chunki ular yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. 4. Bo‘yovchi moddalarni ishlatishda ehtiyot bo‘lish kerak. Ularni kiyimlarga, qo‘l va badanning terilariga tegizmaslik lozim. 5. Buyumning sirtini jilolashdan chiqqan qipiqlar va ku- kunlarni maxsus cho‘tka bilan sidirib tozalash kerak. 6. Ish tamom bo‘lgach, qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yu- vish zarur. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling