Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Yog‘ochga ishlov berishda qo‘llaniladigan xalq
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islimiy naqsh
- Girih naqsh
Yog‘ochga ishlov berishda qo‘llaniladigan xalq
hunarmandchiligi elementlari O‘rta Osiyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. O‘tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda. Milliy naqshlarimiz g‘oyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, lagan, quticha, sandiq, belanchak, cholg‘u asboblari, uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib turar joy va jamoat binolari- ning devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, uni o‘ylantiradi. Bu go‘zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, asrlar davomida bun yod topdi, rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at rivoji bilan bog‘langan holda takomillashib bordi. Naqsh – arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Tabiatdagi o‘simliklar, qush va jonivorlarga qiyoslab chizil- gan shakl va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takror- lanishidan hosil qilingan bezakdir. Ganchkorlik, kandakor- lik, kashtado‘zlikda, zardo‘zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam to‘qish, to‘qimachilik, panjaralar va hokazolarda har xil yo‘llar bilan naqshlar ishlanadi. Masalan, o‘yib, chizib, chok yordamida, zarb bilan, qadab va boshqa usullarda naqsh soli- nadi. Naqqoshlik san’ati tarixi insoniyat madaniyati bilan bir qatorda qadi miydir. Madaniyatning rivojlanishi natijasida ras- somlik va naqqoshlik ajralib chiqdi hamda rivojlandi. Naqqoshlikda ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko‘ra – is- limiy va girih naqshlarga bo‘linadi. 85 Islimiy naqsh – tabiatdagi barg, band, daraxt, buta, g‘uncha, qush, baliq va boshqa narsalarni naqqosh tomoni- dan uslublashtirib olingan shaklini ma’lum qonuniyatlar aso- sida takrorlanishidan hosil qilinadi. Ma’lum uslubga sol - moq – qush, baliq, gul rangi va shaklini manzarali tarzda umum lashtirishdir. Girih naqsh – geometrik naqsh turlaridan biri bo‘lib, chigal, tugun degan ma’noni anglatadi. Girih naqsh murakkab naqsh turi. U geometrik naqsh turlaridan biri bo‘lib, to‘rtburchak, uchburchak, aylana va yoylar hamda ko‘pburchaklardan tash- kil topadi. Tuzilish jihatidan to‘g‘ri chiziq, egri chiziq va aralash chiziqlardan tashkil topgan girihga bo‘linadi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling