Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Pol va mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlashda  nimalarga e’tibor berish lozim? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Pol va mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlashda 
nimalarga e’tibor berish lozim?
2. Yog‘och yuzalariga maxsus ishlov beruvchi kimyoviy vositalar 
haqida ma’lumot bering.
3. Kichik ta’mirlash ishlariga misollar keltiring.
Pol va mebellarning loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tad-
birlari va kichik ta’mirlash ishlarini bajarish. 
Jihozlar: Xavfsizlik texnikasi qoidalari plakati. Pol va mebellarning 
loklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlariga oid materiallar. 
Oyna romlarini kichik ta’mirlash va
qishda issiqlikni saqlash usullari
Isitiladigan binolarda tashqi va ichki harorat farqi tufayli 
tashqi devor, pol, shift orqali issiqlik yo‘qoladi. Isitish tizimi 
mana shu yo‘qoladigan issiqlik o‘rnini qoplashi va xonalarda 
me‘yordagi haroratni saqlashi lozim. 
Qishda xonada issiqlikni saqlash uchun avvalo zich yopil-
maydigan oyna va eshik tirqishlarini yopib chi 
qish lozim. 


97
Buning uchun, avvalo, ular porolon yoki paxta bilan yopib 
chiqiladi. So‘ngra 4–5 sm enlikda skotchdan uzun tasma 
shaklidagi bo‘laklar qirqib olinib, uning ustidan yopishtiriladi. 
Buning uchun gazlama bo‘laklari suv da namlab ivitiladi, suvi 
siqilib, yopishtiriladigan tomoni sovun bilan surkab chiqiladi. 
Gazlamaning bu usulda yopishtirib chiqilishi bahorda uning 
olib tashlanishini osonlashtiradi. Shuningdek, oyna romlarini 
zichlab yopishda ingichka ip arqondan foydalanish mumkin.
Xonada yopilishi kerak bo‘lgan boshqa kichik tirqishlar 
parafin yordamida berkitilishi mumkin. Buning uchun para-
fin 65–70°C harorat suvda eritiladi. Shundan so‘ng isitilgan 
bir martalik ishlatiladigan shpris yordamida parafin bilan 
to‘ldiriladi va tir 
qishlarga purkab chiqiladi. 
Xonada issiqlikni saqlashda maxsus ishlab chiqarilgan zich-
lagichlardan foydalanish mumkin. Ular, asosan, naysimon 
shaklda bo‘ladi. Shuningdek, katta tirqishlar uchun P, mayda 
tirqishlar uchun D, E harflari shaklida bo‘lishi mumkin. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling