Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm.
- 1.3. PAZANDACHILIKDA ISHLATILADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR VA ULARDAN FOYDALANISH Jihоzlаr vа ulаrdаn fоydаlаnish haqida umumiy tushunchа
4. Salatni likopchalarga solib, dasturxonga tortiladi (4-
rasm). Qalampirni salat ichiga to‘g‘rash, alohida berish ham mumkin. Karamli salat Kerakli masalliqlar: 1 bosh karam, 50 g shakar, 50 g o‘simlik moyi yoki 50 g smetana, 250 g ko‘k piyoz, 100 g yangi olma, 100 g qizil sabzi. Ishni bajarish tartibi: 1. Yangi karam mayda somoncha qilib to‘g‘raladi va tuz qo‘shib aralashtirib ustini yopib qo‘yiladi. 2. To‘g‘ralgan karamga yaproqcha usulida to‘g‘ralgan olma, mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz va mayda somoncha qilib to‘g‘ralgan sabzi qo‘shib aralashtiriladi. 3. Tayyorlangan masalliqqa shakar va qizigan yog‘ yoki smetana qo‘shib aralashtiriladi (5-rasm). 4-rasm. Pomidor-bodring salati. 5-rasm. Karamli salat. 110 1. O‘zbek milliy pazandachiligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini ayting. 2. O‘zbek milliy pazandachiligida taomlar dasturxonga qanday torti- ladi? 3. Sabzavotlarni to‘g‘rashda nechta asosiy usullardan foydalaniladi? 4. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 5. Kartoshka qanday usullarda to‘g‘raladi? 6. Sabzi qanday usullarda to‘g‘raladi? 7. Sabzavotlarni murakkab usullarda to‘g‘rash qachon qo‘llaniladi? 8. To‘g‘ralgan sabzavotlarning sifatiga bo‘lgan talablar qanday? 9. Sabzavotlarni to‘g‘rashda qanday sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinadi? 10. Sabzavotlardan qanday salatlar tayyorlash mumkin? 1.3. PAZANDACHILIKDA ISHLATILADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR VA ULARDAN FOYDALANISH Jihоzlаr vа ulаrdаn fоydаlаnish haqida umumiy tushunchа Pazandachilikda uy sharoitida va texnologik jarayonlarda ishlatiladigan jihozlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Taom va pazandachilik mahsulotlarni tayyorlashda va isitishda ishlatiladigan jihozlar: gaz yoki elektr plita va du- xovkalari, elektr tovalar, elektr suv qaynatkich, mikroto‘lqinli pech, toster va boshqalar. 2. Oziq-ovqat mahsulotlariga mexanik ishlov beradigan ji- hozlar: go‘shtqiymalagich, sabzavotlarni tozalash va to‘g‘rash moslamasi, sharbat siqqich kabilar. 3. Oziq-ovqat mahsulotlariga nomexanik ishlov beradigan jihozlar: idish-tovoqlarni saqlaydigan shkaflar, stollar, taxta- 111 kachlar, pichoqlar, bolg‘achalar, idish-tovoqlar va oshxona anjomlari. 4. Dasturxon tuzash uchun zarur bo‘lgan jihozlar: stol-stul- lar, oshxona servislari va asbob-anjomlari, dasturxon va so- chiqlar. Oshxonada ishlatiladigan jihozlar, idish-tovoqlar harorat o‘zgarishiga, yuvuvchi moddalarga, dezinfeksiya vositalariga chidamli, sirti silliq, tiniq bo‘lishi lozim. Oshxonada ishlatila- digan nomexanik jihozlarga stollar, idish-tovoqlar, mahsulot- lar yuvadigan vannalar va boshqalar kiradi. Stollar usti suv o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi. Idishlar issiq suvga biroz iste’mol sodasi, yuvish vositala- ri solib, tegishli moslamalar yordamida yuviladi. Bu vositalar idishlarni yaxshi tozalaydi. Og‘zi tor idishlarning ichi max- sus cho‘tkada yuviladi. Ruxlangan choynaklarning ichini esa iste’mol sodasi qo‘shilgan suvda qaynatib, so‘ng yuviladi. Taomlarni tayyorlashda turli o‘lchamdagi qozonlar va tova- lardan, kastrulka hamda sirlangan tog‘arachalardan foydalani- ladi. Mahsulotlarga ishlov berish uchun esa maxsus moslama- lar, asboblardan foydalaniladi. Bunday mos la malarga turli xil taxtakachlar, taxta-o‘qlovi, juva, g‘alvir, elak, ko‘pirtirgich, turli kattalikdagi tog‘orachalar, shakldor keskich, shirinlik qo- liplari kiradi. Hozirgi davrda bunday anjomlarning zamonaviy turlaridan ham foydalanilmoq da. Xususan, turli idish-tovoqlar, qasqonlar, kastrulkalar, chovgum, salat idishlari, suv qaynat- kich, mikrovolnovka, zamonaviy choynak, turli o‘lchamdagi pichoqlar, sharbat tayyorlagich shular jumlasiga kiradi. Bulardan foydalanish orqali mashg‘ulotlar qiziqarli olib bo- riladi hamda o‘quvchilarning uy-ro‘zg‘or anjomlari va asbob- uskunalaridan foydalanish bo‘yicha malakalarini oshiradi. Oshxonada mahsulotlarni kesib to‘g‘rashda taxtakachdan foydalaniladi. Xom go‘sht kesadigan taxtalar, pichoqlar alo- 112 hida ajratilib belgilab qo‘yiladi, ya’ni «XG» (xom go‘sht uchun). Pishgan go‘sht, kolbasa, pishloq, non va hokazolar- ni kesish uchun ham alohida belgilangan taxta va pichoq- lar ishlatiladi, ya’ni «XS» (xom sabzavot), «PG» (pishgan go‘sht), «PS» (pishgan sabzavot), «N» (non) va boshqa harf- lar bilan belgilanadi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling