Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Zamonaviy oshxona jihozlari


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Zamonaviy oshxona jihozlari
Oshxona kombayni. Oshxona kombayni universal mosla-
ma bo‘lib, bir qancha vazifalarni bajaradi (6-rasm). Ushbu 
moslamada sabzavotlarni to‘g‘rash, meva va sabzvatolardan 
sharbat chiqarish, xamir qorish, go‘shtni maydalash, tuxum 
ko‘pirtirish, salatlarni qorishtirish va boshqa turli ishlarni 
bajarish mumkin. Kombaynda sabzavotlarni to‘g‘rash uchun 
avval sabzavotlarga birlamchi ishlov berilib, yuvib olinadi. 
Sabzavotlarni istalgan o‘lcham va shaklda to‘g‘rash mumkin.
Go‘shtqiymalagich. Undan go‘shtni qiymalash va kotlet 
massalarini tay 
yorlash uchun foydalaniladi (7-rasm).
Mikser. Mikser, asosan, tuxum oqini ko‘ 
pirtirishda, tort 
uchun kremlar tayyorlashda ishlatiladi (8-rasm).
Sharbat siqqich. Sharbat siqqich turli xil meva va sabza-
votlarning sharbatini siqib olish uchun ishlatiladi (9-rasm). 
6-rаsm. 
Оshхоnа 
kоmbаyni.
7-rаsm. 
Go‘shtqiy-
mа lаgich.
8-rаsm. 
Miksеr.
9-rаsm. 
Shаrbаt 
siqqich.


113
Gaz plitasi. Gaz plitasi uy sharoitida 
eng ko‘p ishlatiladigan issiqlik ishlo-
vi berish jihozi hisoblanadi (10-rasm). 
Ular, asosan, to‘rtta konforkali bo‘lib, 
hozirgi kunda beshta konforkali keng 
plitalar ham ishlatilmoqda. Ularning 
konforkalari turli o‘lchamda bo‘lib, 
mahsulotlarni baland yoki past olovda 
pishirishga mo‘ljallangan. Plitaning du-
xovka qismida turli xil pazandachilik 
mahsulotlari va pishiriqlarni pishirish-
ga mo‘ljallangan. Duxovkani yoritish 
uchun lampochka hamda kerakli haro-
ratda pishirish uchun termoregulator 
o‘rnatilgan. Taom yoki mahsulotni pishganligi haqida xabar 
beruvchi qo‘ng‘iroq hamda gaz plitasini yoquvchi tugmacha 
bor. Gaz plitasi bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoida-
lariga qat’iy amal qilish zarur. Gaz plitasi o‘rnatilgan joyda, 
albatta deraza oynalarining darchasi bo‘lishi shart.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling