Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Tuxumni qaynatib pishirish usullari


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Tuxumni qaynatib pishirish usullari
Tuxumni uch xil usulda qaynatish mumkin (11-rasm):
1. Tuxumni qaynoq suvga solib 3–5 daqiqa ilitiladi va bu 
tuxum xomligicha (yutiladi) iste’mol qilinadi.
2. Tuxumni suvga solib 7–8 daqiqa davomida qaynatib 
«xaltacha» usulida pishiriladi. Bunda tuxumning oqi pishib, 
sarig‘i esa suyuq holda qoladi va u organizmda oson hazm 
bo‘ladi. So‘ngra tuxumning po‘stlog‘i oson ko‘chishi uchun 
sovuq suvda sovutiladi. 
3. Tuxumni suvga solib 10
–12 daqiqa qaynatsak, qattiq 
bo‘lib pishadi va uni salatlar, taomlar tayyorlashda ishlatish 
mumkin.
Tuxumni qovurish usullari
Tuxumni qovurib yaxlit tuxum quymoq, omletlar, quymoq-
lar pishirish mumkin.
Yaxlit tuxum quymoq: 4 dona tuxum, 15 g yog‘.
Tuxumni chaqib tovadagi ozgina qizdirilgan yog‘ga sarig‘i 
yoyilib ketmaydigan qilib solinadi, yuziga mayda tuz sepila-
di. Bunda olov pastroq bo‘lishi lozim, aks holda, tuxumning 
11-rаsm. Qаynаtilgаn tuхum.
12-rаsm. Yaхlit tuхumli quymоq.


117
chetlari kuyishi mumkin. Tuxum 2–3 daqiqa oqi qotguncha 
aralashtirmay qovuriladi, o‘rtasidagi sarig‘i esa ko‘zdek bo‘lib 
turadi. Pishgan tuxum likopchada dasturxonga tortiladi (12-
rasm). 
Omlet
: 2 dona tuxum, 30 g sut, 5 g yog‘.
1. Tuxumni idishga chaqib, sut, tuz qo‘shib yaxshilab iyla-
nadi.
2. Tovadagi dog‘langan yog‘ga tay 
yorlangan masalliqni 
yupqa qilib quyib, baland olovda pishiriladi.
3. Omlet quyuqlanib, ostida qiz 
g‘ish qobiq hosil bo‘lganida 
pishgan hisoblanadi.
4. Tayyor omletning chetini o‘rta 
siga qayirib, cho‘zinchoq 
shaklda o‘raladi.
5. Dasturxonga tortishda likopchaga solinib, yuziga eritilgan 
sariyog‘ quyiladi.
Omletlarga pishgan go‘sht, qiyma, kolbasa, sosiska, non, 
ko‘katlar va boshqa mahsulotlar qo‘shib qovurish mumkin.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling