Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Kerakli asbob va idishlar


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Kerakli asbob va idishlar. Suvni qaynatish uchun «Tefal» 
yoki sirli chovgum, elektr yoki gaz plitasi, 3 l sig‘imli kas-
trulka, qahva qaynatkich, 1 l sig‘imli choynak, piyolalar, li-
kopchalar, qahva servislari, 
finjon (chashka), choy qoshiq.
Choyni damlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 1 l suv, 20 g 
quruq qora yoki ko‘k choy.
1. 
Choy damlash uchun choynak qaynoq suv bilan chayib 
tashlanadi.
2. 
Choynakka quruq choyni solib, choynak hajmining 
1/3 qismicha qaynoq suv quyiladi va 5–7 daqiqa choynak 
qopqog‘ini yopib damlab qo‘yiladi.
3. 
So‘ngra qaynab turgan suv quyib choynak to‘l 
diriladi 
va dasturxonga issiqligida tortiladi.
Oq choyni damlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 2,5 l sut, 
1 l suv, 2 choy qoshiq quruq qora choy, ta’bga ko‘ra sari-
yog‘. 
1. Kastrulkada bir litrcha suv qaynatiladi va unga quruq 
choy solinadi.
2. Choy chiqqandan so‘ng unga sutni qo‘shib, 8–10 daqiqa 
qaynatiladi. 
3. Qaynash oxirida ozgina tuz solinadi. 
4. Tayyor oq choy piyolalarda, yuziga yarim choy qoshiq 
sariyog‘ ta’bga ko‘ra solib dasturxonga tortiladi.
Shirchoyni tayyorlash tartibi. Kerakli masalliqlar: 1 kosa 
qaymoq, 3 choy qoshiq quruq choy, 1 choy qoshiq tuz, ta’bga 
ko‘ra murch.
1. Kastrulkaga 1,5–2 l suv quyib qaynatiladi. So‘ngra 
quruq qora choy solib, yana 2–3 daqiqa qaynatiladi. 


120
2. Qaymoqni solib yaxshilab aralashtirib, ozgina tuz ham 
solinadi.
3. Shirchoy 3–4 daqiqa qaynagandan keyin pishadi. 
4. Shirchoyni katta piyolalarga quyib, har bir piyolaga ya-
rim choy qoshiqdan sariyog‘, ta’bga ko‘ra murch solib das-
turxonga tortiladi.
Qora qahvani tayyorlash tartibi:
1. Qahva qaynatkichdagi 1 l suvga 10 g tez eriydigan may-
da qahvani solib, qaynagunicha isitiladi, lekin qaynatilmaydi. 
2. Tayyor qahvani chashkalarga quyib, alohida idishda 
shakar yoki qand bilan birga tortiladi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling