Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Sabzavotli vinegretni tayyorlash bosqichlarini aytib bering. 5


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

4. Sabzavotli vinegretni tayyorlash bosqichlarini aytib bering.
5. Go‘shtli salat qanday tayyorlanadi va dasturxonga qanday tortiladi?
Ochiq, yopiq va gazak uchun tayyorlangan buter-
brodlarni tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi
Buterbrodlar ko‘p tayyorlanadigan tamaddi turi hisoblanadi. 
Ularning tayyorlanishi jihatidan ochiq, yopiq va gazak uchun 
tayyorlangan turlari bo‘ladi. Buterbrodlar, asosan, ertalabki 
nonushtaga tay yorlanadi. 
Ochiq buterbrodlar. Bunday buterbrodlarni tayyorlash-
da bo‘lka yoki baton non taxminan 1 sm qalinlikda, 40 g 
og‘irlikda tekis qilib qirqiladi. Tayyorlangan mahsulot non 
bo‘lagi ustiga uni yopib turadigan qilib joylanadi. Mahsulot 
1–3 tagacha bo‘laklanishi, buterbrod bir yoki bir necha xil 
mahsulotlardan tayyorlanishi ham mumkin (13-rasm).
14-rasm. Yopiq buterbrodlar.
13-rasm. Ochiq buterbrodlar.
Yopiq buterbrodlar. Yopiq buterbrodlarning noni ochiq 
buterbrodlarga qaraganda yupqaroq qilib kesiladi (14-rasm). 


124
Uning sirtiga yupqa qilib sariyog‘ surtiladi va ustiga mahsu-
lot qo‘yiladi, keyin yana non bo‘lagi bilan yopiladi.
Gazak uchun tayyorlanadigan buterbrodlar (kanape). 
Ularni tayyorlash uchun nonning yumshoq bo‘lagi kichik 
kub, romb, doira shakllarida kesiladi, keyin qizdirilgan tovada
2 tomonini qizartirib qovurib olinadi. Non sovitilgandan so‘ng 
ustiga sariyog‘ surtiladi va uning shakliga moslab mahsulot 
qo‘yiladi. Usti sabzavotlar, ko‘katlar bilan bezatiladi. Bu 
buterbrod bir necha qavat qilib, bir necha xil mahsulotlardan 
tayyorlanishi ham mumkin (15-rasm).
1. Buterbrodlarning tayyorlanishi jihatidan qanday turlari 
bo‘ladi?
2. Ochiq buterbrodlar qanday tayyorlanadi?
3. Yopiq buterbrodlar qanday tayyorlanadi?

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling