Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Murabboli quymoq tayyorlash
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
Murabboli quymoq tayyorlash
1 kg murabboli quymoq uchun kerakli masalliqlar: un 400 g, sut 1 l, tuxum 4 dona, shakar 25 g, tuz 8 g, o‘simlik moyi 20 g, murabbo 200 g. Ishni bajarish tartibi: 1. Murabboli quymoq tayyorlash uchun xuddi tvorogli quymoq kabi suyuq xamir tayyorlab olinadi. 2. Xamir yog‘ surtilgan tovada o‘rtacha olovda ikki tomoni qizartirilib pishirib olinadi. 3. Pishgan xamirlar laganga taxlanadi. 4. Xamirlarni olib sirtiga murabbo surtiladi va to‘rttaga buklab, likobchalarga taxlanadi. 5. Murabboli quymoqlar sovuq holda dasturxonga tortiladi. 1. Quymoq uchun xamir qanday tayyorlanadi? 2. Xamirli mahsulotlar sifatli chiqishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 3. Tvorogli quymoqni tayyorlash ketma-ketligini aytib bering. 4. Tayyor bo‘lgan quymoq dasturxonga qanday tortiladi? 5. Murabboli quymoq qanday tayyorlanadi? 127 2-bob. GAZLAMAGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI 2.1. UMUMIY TUSHUNCHАLАR Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengil- mas kuch» asarlarida ta’kidlab o‘tganlaridek, o‘quvchilarning ma’naviyatini shakllantirish, ta’lim-tarbiya tizimi bilan cham- barchas bog‘liqdir. Bu borada ta’lim-tarbiyani amalga oshirish jarayonida umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini kuchaytirishga katta e’tibor qaratilgan. Umumta’lim maktab- larida o‘qitiladigan mehnat ta’limi darslarining samarali olib borilishi ko‘p jihatdan gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonalarining moddiy ta’minlanganligida ko‘rinadi. Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida yuzaga keladigan shov qin ta’sirini kamaytirish uchun gazlamaga ishlov berish texnologiyasi o‘quv xonalariga alohida joylashtiriladi. Xona bichish-tikish ishlarini olib borish uchun ixtisoslashtiriladi. Xona keng, yorug‘, quruq, 12–15 ta o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘ lib, bir burchagida kiyib ko‘rish xonasi ajratilishi, unda albatta ko‘zgu bo‘lishi kerak. Xonada bajarilgan ishlarni ko‘rsatish uchun ko‘rgazma javonlari va taxtalari, maneken- lar, ko‘rgazmalar va texnik hujjatlarni saqlash uchun javonlar bo‘ladi. Xona o‘quvchilarning ishlarini targ‘ib qiluvchi stend- lar bilan jihoz lanib, ularni «Tikuvchilar qirolichasi», «Yosh tikuvchi», «Mohir tikuvchi», «Chokdan buyumgacha», «Yosh dizayner» deb nomlash mumkin. Xonada har 2 ta o‘quvchi uchun bitta maishiy tikuv mashinasi, imkoniyat darajasida hamma foydalanishi uchun maxsus mashinalar, dazmol stoli suv purkagichli apparati 128 bilan, bichish stoli bo‘ladi. Dazmollash stolining ustiga chit gazlamadan g‘ilof tikilib, vaqti-vaqti bilan tozalab va al- mashtirib turiladi. Dazmol bilan ishlaganda oyoq tagiga rezina gilamcha to‘shaladi. Xonada katta va kichik bichish qaychi- lari, katta lineykalar, santimetrli lenta, bir nechta ish qutilari bo‘ladi. Unda tikish jarayonida zarur bo‘lgan ish qurollari: qaychi, ignalar to‘plami, to‘g‘nag‘ichlar, pichoqli halqa, iz tushirgich, bo‘r, santimetr lenta, angishvona, qalam, masshtab lineykasi bo‘ladi. Mehnat xonasiga kirgan o‘quvchi ish kiyi- mida bo‘lishi talab etiladi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling