Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Gazak uchun tayyorlangan (kanape) buterbrodlar qanday  tayyorlanadi? Quymoq tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

4. Gazak uchun tayyorlangan (kanape) buterbrodlar qanday 
tayyorlanadi?
Quymoq tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi
Xamir mahsulotlari unga sut yoki suv, shakar, yog‘, tuxum 
va bosh 
qa mahsulotlar qo‘shib tayyorlanadi. Quymoqlar ham 
xamir mahsulotlarining bir turi hisoblanadi.
15-rasm. Kanape.


125
 
16-rаsm. Tvоrоgli quymoq.
Xamir tayyorlash uchun avval un elanadi, sut ilitiladi, tu-
xumni usti iliq suvda yuviladi.
Kerakli asbob va idishlar. Elektr yoki gaz plitasi, sirli 
kastrulka, tova, ko‘pirtirgich, likopchalar, sanchqi.
Tvorogli quymoq tayyorlash
1 kg quymoq uchun kerakli masalliqlar me’yori: un 400 g, 
sut 1 l, tuxum 4 dona, shakar 25 g, tuz 8 g, o‘simlik moyi 
20 g, tvorog 300 g.
Ishni bajarish tartibi: 1. Sirli kastrulkaga tuxum, shakar, 
tuz solib aralashtiriladi va yaxshilab ko‘pchitiladi, unga sut-
ning yarmini qo‘shib, elangan un solib, suyuq xamir qoriladi.
2. Xamir bir tekis aralashgach, qolgan sut va o‘simlik moyi 
qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi.
3. Tovani qizdirib o‘simlik moyi surtiladi va tayyorlangan 
suyuq xamir cho‘michda olinib, bir tekis qilib tovaga quyi-
ladi.
4. Tovadagi xamirni o‘rtacha olov 
da avval bir tomoni, 
keyin ikkinchi tomoni pishiriladi.
5. Pishgan quymoqlar xamiri laganga solib taxlanadi.
6. Quymoq uchun tvorogli qiyma tayyorlanadi. Tvorogni 
ezib, unga ta’bga ko‘ra shakar, smetana aralashtiriladi.
7. Quymoq xamiri yoyilib, o‘rtasiga tvorogli qiyma qo‘yiladi 
va konvert shaklida o‘raladi.
8. Quymoqlarni dasturxonga 
tortish oldidan qizigan va yog‘ 
surtilgan tovaga o‘ralgan quymoq- 
lar qo‘yilib, ikki tomoni qizarti-
rib qovurib olinadi va likopchaga 
solinib, ustiga sariyog‘ yoki sme-
tana quyilib das 
turxonga tortiladi 
(16-rasm).


126

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling