122
Sabzavotli vinegret
Kerakli masalliqlar: 300
g kartoshka, 200 g qizil lavlagi,
150 g sabzi, 200 g tuzlangan bodring, 200
g tuzlangan ka-
ram, 200 g ko‘k piyoz, 100 g salat moyi.
Ishni bajarish tartibi: 1. Pishirilgan qizil lavlagi, kartosh-
ka, sabzining po‘stini
archib tozalanadi, kub shaklida maydal-
ab to‘g‘raladi.
2. Ko‘k piyoz, bosh piyoz mayda qilib to‘g‘raladi.
3. Tuzlangan bodring va tuzlangan karamni maydalab
to‘g‘raladi.
4. Lavlagidan boshqa hamma sabzavotlar aralashtiriladi.
5. Salat yog‘i solinib, tuzi rostlanadi.
6. Tayyor bo‘lgan salatga oxirida qizil lavlagi qo‘shib
aralashtiriladi. Salat ichiga solingan
masalliqlardan shakllar
yasab bezatiladi va dasturxonga tortiladi.
Go‘shtli salat (Olivye)
Kerakli masalliqlar: 65 g go‘sht, 55 g kartoshka, 40 g tuz-
langan bodring, 15 g tuxum, 30
g mayonez, 15g ko‘k no‘xat.
Ishning tartibi: 1. Pishirilgan go‘sht, tuxum va kartoshka
mayda kub shaklida to‘g‘raladi.
2. Tuzlangan bodring mayda kub shaklida to‘g‘raladi.
3. To‘g‘ralgan mahsulotlar aralashtiriladi,
tuzi rostlanadi,
ko‘k no‘xat qo‘shiladi.
4. Aralashtirilgan mahsulotlar mayonezda qoriladi.
5. Tayyor bo‘lgan salatni maxsus idishlarga solinadi, ustini
ko‘katlar bilan bezatib dasturxonga tortiladi.
1. Yaxna taomlarning organizm uchun ahamiyati qanday?
2. Tamaddilar deganda nimani tushunasiz?
3. Yaxna taomlarni tayyorlashda qanday sanitariya-gigiyena qoidalari-
ga rioya qilasiz?