Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

19-rаsm. Pоlоtnо 
to‘qilishi.


134
qog‘ozning orqa tomonidan kirib to‘qib borilib, oxirida yana 
orqa tomoniga chiqib tugasin. Ularning har ikkala uchi oq 
qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi. 
4. Tayyorlangan namuna albomga yopishtiriladi.
Polotno to‘qishni amalda karton va ipda bajarish quyida-
gichadir:
1. Ignaga ipni o‘tkazib ramkaga mahkamlanadi (21-rasm, a).
2. Ipni ramkadan bo‘ylamasiga aylantirib tortiladi. Bu 
bo‘ylama ip bo‘ladi (21-rasm, b).
3. Boshqacha rangli ipni ikki qavat qilib mokiga o‘raladi 
va bo‘ylama iplar orasidan (birining ustidan, ikkinchisining 
ostidan) o‘tkaziladi. Bu ko‘ndalang iplar bo‘ladi (21-rasm, d).
4. Ish so‘ngida ipni uzmay, oxirgi ipni aylantirib qaytarila-
di. Gazlamaning enida ikki tomonida milk hosil bo‘ladi (21-
rasm, e).
5. Tayyorlangan namunani ramkasi bilan albomga yopishti-
riladi (21-rasm, f).
Sarja to‘qilishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shun-
daki, to‘qilish moslamasi (rapporti)da eng kam ishtirok etadi-
gan iplar soni 3 ta bo‘ladi va har bir arqoq ipi tashlanganda, 
to‘qilish naqshi bir ipga suriladi.
Sarja to‘qishni amalda bajarish quyidagicha (22-rasm).
b
21-rasm. Polotno to‘qishni amalda karton va ipda bajarish
a
d
f
e


135
22-rasm. Sarja to‘qish va uni amalda bajarilishi.
1. Sarja to‘qishda ham xuddi polotno o‘rilishi kabi shu 
o‘lchamdagi oq va rangli qog‘ozlar olinadi hamda o‘sha tar-
tibda kesib olinadi.
2. Rangli lentalarni oq qog‘ozning orqa tomonidan 
o‘tkaziladi. Ularni birinchi qatorda navbatma-navbat, goh 
2 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan o‘tkazib to‘qiladi. 
3. Ikkinchi qatorda lentalarni birinchi 1 ta tanda ostidan, 
goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib 
to‘qiladi va oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugaydi. 
4. Uchinchi qatorda lentalarni goh 1 ta tanda ustidan va 
goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi.
5. To‘rtinchi qator birinchi qatordagi kabi qaytadan boshlab 
to‘qiladi. Hamma qatorda lentalarning har ikkala uchini oq 
qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi. 
6. Tayyorlangan namuna albomga yopishtiriladi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling