Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dazmollash ishlarini bajarish qoidalari
- 2.3. MАSHINА, MЕХАNIZM, STАNОKLАR VА ULАRDАN FОYDАLАNISH Qo‘l yuritmali tikuv mashinasi. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash va ipsiz tikish
Dazmollash usullari:
1. Dazmollash – gazlamani yoki tayyor kiyimni silliqlash, tekislash (26-rasm, a). 2. Yorib dazmollash – choklar orasini ochib, ikki tomonga yotqizib dazmollash (26-rasm, b). 3. Bostirib dazmollash – choklarni bir tomonga yotqizib dazmollash (26-rasm, d). 4. Dazmollab yupqalashtirish – suvlab dazmollab yupqa- lashtirish (26-rasm, d). 5. Bug‘lash – kiyimda hosil bo‘lgan yaltiroqlikni yo‘qotish. O‘qituvchi har bir usulni amalda ko‘rsatib beradi. 26-rasm. Dazmollash usullari. a b d 147 Dazmollash ishlarini bajarish qoidalari: 1. Gazlamaning xossasiga qarab dazmolning issiqlik rostla- gichi to‘g‘rilanadi. 2. Dazmol bosishdan avval uning tagi tozaligini tekshirish kerak. 3. Tayyor kiyimni avval teskari tomonidan, o‘ng tomonida esa avval mayda qismlaridan boshlab dazmollanadi. 4. Dazmollangan kiyimni to‘g‘rilab osib yoki taxlab qo‘yish maq sadga muvofiqdir. 1. Qo‘l choklarini bajarish tartibini aytib bering. 2. Ushlagichni tayyorlash bosqichlarini izohlang. 3. Nima uchun tikilgan buyumlarni dazmollash kerak? 4. Dazmollar haqida ma’lumot bering. 5. Dazmollash usullarini aytib bering. 6. Dazmoldan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini izohlang. 7. Elektr dazmoldan foydalanganda rioya qilinadigan texnik shartlar nimalardan iborat? 2.3. MАSHINА, MЕХАNIZM, STАNОKLАR VА ULАRDАN FОYDАLАNISH Qo‘l yuritmali tikuv mashinasi. Tikuv mashinasini ishga tayyorlash va ipsiz tikish Hozirgi kunda tikuv mashinalarining ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ularning ishga tushirilishiga qarab uch turga ajratish mumkin: 1. Qo‘l yuritmali tikuv mashinalari. 2. Oyoq yuritmali tikuv mashinalari. 3. Elektr yuritmali tikuv mashinalari. Har qanday tikuv mashinasi bir necha qismlardan tuzilgan 148 va ular har xil metallar qotishmasidan tayyorlan- gan. Tikuv mashinasi- ning (27-rasm) qismlari va asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat: 1– platforma, 2–baxya rost- lagichi, 3–qo‘l yuritma korpusi, 4–ip o‘ragich, 5–maxovik, 6–tana, 7– ip tortkich, 8–tepkini ko‘taruvchi richag, 9– yuqori ipni rostlagich, 10–igna yuritkich, 11– moki moslamasi, 12–qisish tepkisi, 13–igna plastinkasi, 14– platforma qutisi. Tikuv mashinasining qo‘l yuritma qismining tuzilishi quyi dagicha (28-rasm). Uning korpusida (1) katta uch tish- li va kichik besh tishli g‘ildiraklar bo‘ladi. Katta g‘ildirakka yog‘och yoki plastmassa dasta (7) richagga (4) o‘rnatiladi va u g‘ildirakni aylantiradi. Tishli g‘ildiraklar harakatni po‘lat tizgin (6) orqali maxovikka uzatadi. Richagni katta tish- li g‘ildirakdagi uyaga (2), qo‘l yuritma korpusini maxsus vint (8) bilan mashina korpusiga mahkamlanadi. Maxovik valni aylantiradi va mashina ishlaydi. Tikuv mashinasida ishlaganda qu- yidagi sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish kerak: 1. Mashina ignasiga old yoki chap to- monidan yorug‘lik tushib turishi kerak. 2. Tikuvchining stuli ignaning to‘g‘ri- sida bo‘lishi lozim. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling