151
2.
Ishni boshlash. Gazlamani tepki tagiga qo‘yib, igna
tushiriladi. Ipning oxirini ushlab,
tepki tushiriladi va ish
boshlanadi.
3.
Ishni bajarish. Belgilangan joydan baxyaqator tikish
(gazlamani tortish yoki surish mumkin emas).
4.
Ishni tugatish. Ignani, tepkini ko‘tarib,
gazlamani chap
qo‘l bilan tortib, ipni 10–15 sm qoldirib uziladi. Tepkining
tagiga bir bo‘lak gazlama qo‘yib, tepki tushirib qo‘yiladi.
Mashina ignasi ham pastki holatga tushirib qo‘yiladi.
Mashinada ipsiz tikish. Asbob va materiallar: tikuv
mashinasi, ipsiz tikish uchun gazlama bo‘lagi yoki qog‘oz,
chizg‘ich, qalam.
1. Gazlama bo‘lagi yoki qog‘ozga chizg‘ich
yordamida orasi
2 sm
ga teng bo‘lgan parallel chiziqlar o‘tkaziladi.
2. Mashinaning moylarini artib, tepkisi ko‘
tarib qo‘yiladi.
3. Gazlamani yoki qog‘ozni tepki tagiga qo‘yib, igna so‘ngra
tepki tushiriladi va tikish boshlanadi.
4. Parallel chiziqlar bo‘ylab baxyaqator tikiladi. Bunda
choklarning to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor beriladi.
5. Ignani, tepkini ko‘tarib,
gazlamani yoki
qog‘ozni chap qo‘l bilan tortib,
tepki va igna
tu shirib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: