149
3.
Tikuvchi tirsagi ma-
shina stoliga to‘g‘ri keli-
shi kerak.
4. Odam tanasi mashi-
na stolidan 10–15 sm
narida bo‘lib,
gavdani
to‘g‘ri tutib, boshini sal
egib o‘tirishi lozim.
5. Ignadan ko‘zgacha
oraliq 30–35 sm bo‘lishi lozim (29-rasm).
Tikuv mashinasida ishlaganda quyidagi texnika xavfsiz-
ligi qoidalariga amal qilish lozim:
1. Maxsus kiyim (fartuk) kiyilgan, sochlar ro‘mol
bilan
o‘ralgan bo‘lishi kerak.
2. Mashina ustidan ortiqcha narsalarni olish, qaychi o‘ngda,
tortmada bo‘lishi kerak.
3. Tikayotgan buyum orasida to‘g‘nag‘ich bo‘lmasligi ke-
rak.
4. Mashinada ishlashdan oldin uning ignasini va tepkisini
to‘g‘ri o‘rnatilganligini tekshirish lozim.
5. Mashinada ishlayotganda
diqqatni buzmaslik, harakatda-
gi qismlariga yaqin bormaslik kerak.
Tikuv mashinasi quyidagi tartibda ishga tayyorlanadi:
1. Baxya yuritkichni rostlash (30-rasm). Baxyaning yi-
rikligi gazlama qalinligi va turiga bog‘liq holda tanlanadi
(0–4 mm gacha). Igna o‘rnatiladi (31-rasm).
Igna eng yuqo-
ri holatga keltirilib, 3–vint bo‘shatiladi. 1–igna
ariqchasi ip
o‘tkaziladigan tomonga to‘g‘rilanadi va 2–igna tutkich teshi-
giga kiritib mahkamlanadi.
2. Naychaga ip o‘raladi.
Mashina salt holatga keltirib, nay-
chaga ip o‘raladi.
3. Ostki va ustki iplar taqilib, mashina ishga tayyorlanadi.
29-rasm. Tikuv mashinasida ishlash.