161
3. Fartuk chizmasi qanday qismlardan iborat?
4. Bog‘ichli qalpoqcha chizmasini chizish uchun qanday o‘lchovlar
ishlatildi?
5. Bog‘ichli qalpoqcha chizmasi qanday chiziladi?
Fartuk va bog‘ichli qalpoqchani modellashtirish va
andazasini tayyorlash
Modellashtirish. Moda yaratish uchun, asosan,
asos chizma-
siga model chiziqlari kiritiladi. Asos chizmasi – bu o‘lchovlar
va hisoblash formulalaridan foydalanib chizilgan chizma.
Ishni bajarishda avval tanlangan fason bo‘yicha asosiy chiz-
ma chiziladi. Shu chizmaga biror chiziqni qo‘shib yoki undan
biror
chiziqni olib tashlab, qismlar shaklini o‘zgartirish mo-
dellashtirish deyiladi (40-rasm).
Kiyimning qismlari shaklini o‘zgartirmay, ularni beza-
tish yo‘li bilan ham modellashtirish mumkin (40-rasm). Bir
xil andaza bilan tikilgan uy fartugi 40-rasm
da berilgan. Bu
fartuk
lar turli ko‘rinishda va har xil bezaklar bilan tikilgan.
Bezak materiallariga jiyak, to‘r, kashta,
quroq,
bulardan tashqari, applikatsiyalar
kiradi. Applikatsiya yordamida bezatilgan
fartuklar sho‘xchan bo‘lib ko‘rinadi.
Fartuklar va qalpoqchalar uchun
gazlama tanlash. Kiyimlar qaysi vaqtda
kiyilishiga qarab har xil gazlamalardan
tikiladi. Umuman,
fartuk va qalpoqchalarni
tikishda ochiq rangli sidirg‘a yoki mayda
gulli zig‘ir yoki paxta tolasidan to‘qilgan
gazlamalar tanlanadi. Bunday gazlamalar-
ning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishidan
tashqari, ular oson yuviladi, yaxshi
dazmollanadi. Shu
ning
uchun gazlamani
40-rasm. Fartukni
modellashtirish.
Cho‘ntak
11 – Mehnat ta’limi, 5-sinf
162
tan
lashda uning texnologik xususiyatlariga ham e’tibor berish
kerak.
To‘qimachilik sanoatida eni har xil (40 santimetrdan 2,80
metr
gacha) gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. Shuning uchun
kiyimga ketadigan gazlama miqdorini aniqlashda uning eni
hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: