Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


MАHSULОT ISHLАB CHIQАRISH TЕХNОLОGIYASI


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

2.4. MАHSULОT ISHLАB CHIQАRISH TЕХNОLОGIYASI
Bichish va tikish haqida ma’lumot
Kiyimning turlari. Did bilan yaxshi, toza va milliy 
uslubda ki 
yinishga yoshlikdan o‘rganish zarur. Bolalarning 
gavdasiga munosib va qulay kiyim tanlash kerak. Kiyim-
lar o‘z vazifasiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: uy kiyi- 
mi – uyda kiyiladi; kundalik kiyim – ishda har kuni kiyiladi; 
sport kiyimi – dam olishda, sport mashg‘ulotlarida ki 
yiladi; 
bashang kiyimlar – turli kechalarda, to‘y-tantanalarda kiyila-
di; ish kiyimi – uy yumushlarini bajarishda, mehnat darslari-
da kiyiladi.
Kiyim tikish uchun quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinadi:
1. Odam gavdasidan o‘lchov olish.
2. Tikiladigan kiyim fasonini tanlash va uning eskizini chi-
zish.
3. Gazlama tanlash va uning xossalarini aniqlash.
4. Buyum chizmasini qurish, chizma asosida andaza tay-
yorlash, ularning atrofini qirqib chiqish.
5. Andazani bichishga tayyorlash, andazaga belgilar qo‘yish.
6. Gazlamani bichishga tayyorlash va andazani joylashti-
rish.


156
7. Buyumni bichish va tikish, tayyor 
kiyimni pardozlash.
Fartuk chizmasini chizish uchun gav- 
dadan o‘lchov olish 34-rasmda ko‘rsa-
tilgan.
O‘lchovni to‘g‘ri olish uchun gavda-
ning asosiy chiziqlari o‘rinlari: bo‘yin 
chizig‘i, ko‘krak chizig‘i, bel chizig‘i, 
bo‘ksa chizig‘i, etak chizig‘i aniqla-
nadi. 
O‘lchov olishda quyidagilarga amal 
qilinadi:
1 O‘lchov santimetr lentasi bilan amalga oshiriladi, uni tor-
tib yoki bo‘sh qilib o‘lchash mumkin emas.
2. Belning ixcham joyidan belbog‘ bilan bog‘lanadi.
3. O‘lchov olinayotganda gavdani to‘g‘ri, bo‘sh tutib turish 
kerak, aks holda o‘lchov noto‘g‘ri chiqadi.
4. Aylana o‘lchovlari to‘liq olinib, uning yarim qiymati 
yoziladi, chunki fartuk chizmasining yarmi chiziladi. Uzunlik 
o‘lchovlari esa to‘liq yoziladi. Gavdadan olingan o‘lchovlar 
qiymati 8-jadvalda keltirilgan.
8-jadval

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling