Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Bichish oldidan nima uchun gazlamaning bo‘ylama ipi, o‘ngi aniq- lanadi? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Bichish oldidan nima uchun gazlamaning bo‘ylama ipi, o‘ngi aniq-
lanadi?
2. Andazaning atrofidan nima uchun chizib chiqiladi?
3. Bichiqni andazadan ajratib, nima uchun unga to‘g‘nag‘ich qada-
ladi, qaysi vaqtlarda?
Yaxlit bichiqli fartukni tikish
Ko‘krakpech qismi yaxlit bo‘lgan fartukning ko‘krakpech 
qismining yon tomoni va bo‘yinbog‘ini hamda belbog‘ini 
mag‘iz (qiya tasma) bilan ishlov berib tikish mumkin. Far-
tukning etak qismini bukib, qiya tasma, to‘r yoki burma bi-
lan bezab tikiladi. Qoplama cho‘ntakka ham xuddi shunday 
ishlov berish kerak. 
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, fartukning bichilgan 
detalla 
ri, to‘r, qaychi. 
Ishni bajarish tartibi:
1. Fartukning o‘rtasiga ko‘klab, qaviqqator solish (44-rasm-
da o‘rta markaziy chiziq).
2. Fartukda cho‘ntak o‘rnini belgilash uchun salqi qaviqqa-
tor solis h.
3. Salqi chokning o‘rtasini qirqish – cho‘ntak o‘rnini bel-
gilash (44-rasm).
4. Belgi va salqi choklarining to‘g‘riligini tekshirish.
5. Nazorat chizig‘ining aniqligini tekshirish.
Yaxlit bichiqli fartukning etak qismini tikish:


168
1. Fartukning etak qis-
mi qirqimining uzunli-
gidan bir yarim bara-
var ko‘proq bezak detal
ya’ni to‘r yoki qiya bur-
ma olinadi.
2. Agar bezak detal bur- 
madan iborat bo‘lsa, uning
bir tomoniga mashinada 
yo‘rma qaviq bilan ishlov 
beriladi (45-rasm, a).
3. Bezak detallarning 
ikkinchi tomoniga mashi-
nada 4 mm baxya yirikligida mashina choki yuritiladi (45-
rasm, a) va bu bezak detal fartukning etak qismi uzunligiga 
teng bo‘lguncha tortib, burma yig‘iladi (45-rasm, b).
4. Tayyor bo‘lgan burma yoki to‘rning o‘ng tomonini far-
tuk etak qismining o‘ng tomonining qirqimiga qo‘yib, avval 
qo‘lda 1 sm chok haqi ko‘klab chiqiladi.
5. Ko‘klov choklaridan 0,1 sm oraliqda mashinada baxya-
qator yuritiladi va ko‘klov iplari sug‘urib olinadi, chok haqi 
yo‘rmab qo‘yiladi (45-rasm, d).
6. Burma o‘ngiga ag‘darilib to‘g‘rilanadi va ustidan bezak 
baxya 
qator tikib chiqiladi (45-rasm, e). Choklariga namlik-
issiqlik ishlovi beriladi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling