Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Fartukning qaysi qismlariga bir xil ishlov beriladi? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Fartukning qaysi qismlariga bir xil ishlov beriladi?
2. Qaysi choklar qismlarni vaqtincha birlashtirish uchun ishlatiladi?
3. Fartukning qismlari qaysi chok bilan tikiladi?
4. Fartuk uchun ishlatiladigan bezak turlarini yozing.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilikning 
rivojlanish tarixi va ish usullari
Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda katta ahamiyatga 
egadir. Kashta tikishni bilish orqali kiyimlarni yangilab olish
ko‘pgina kerak 
li buyumlarni: salfetkalar, panno, fartuk, yos-
tiq jildlari, yaqin kishilarga qilinadigan sovg‘alarni bezash va 
tayyorlash mumkin.
Kashta tikish san’atining ko‘p asrlik tarixi bor. Arxeologik 
topilmalarda yozilishicha, qadimdan uy-ro‘zg‘or buyumlari – 
so 
chiqlar, to‘r hoshiya, dasturxonlar, bayram va kundalik ki-
yimlar, peshbandlar, bosh kiyimlar va boshqa narsalar kashta-
lar tikib bezatilgan. 
Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi 
avloddan avlodga o‘tib, takomillashib bordi. Sekin-asta eng 
yaxshi milliy xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta na-
munalari yaratildi.
Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari 
bilan, ranglarining bir-biriga mosligi, to‘la mutanosibligi, ba-
jarish usullarining aniqligi bilan ajralib turadi. 


173
Mamlakatimiz muzeylarida xalq kashtachiligining ko‘plab 
namunalari to‘plangan, ayniqsa, XIX asr kashtalari eng yax-
shi saqlanib, shu kunlargacha yetib kelgan.
Kashtachilikda ishlatiladigan chok namunalaridan foyda-
lanib ki 
yimlarni, uy-ro‘zg‘or va xona anjomlarini bezatish 
mumkin. Bu vaqtda, albatta, xavfsizlik qoidalariga amal qi-
lish zarur, ya’ni kashta tikish 
da to‘g‘ri o‘tirish, yorug‘likni 
chap tomondan tushib turishi, asbob-moslamalardan to‘g‘ri 
foydalanish kerak. 
Qo‘lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak 
bo‘ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr tasmasi, 
gardish, turli xil mulina iplari. Bularning hammasi maxsus 
qutichada saqlanishi kerak.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling