Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Dazmol bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidasini ayting. 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Dazmol bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidasini ayting.
2. Fartukning ko‘krakpech qismiga buklov choki bilan ishlov berish 
qanday bajariladi?
3. Fartukning ko‘krakpech yuqori qismiga burma qanday tikiladi?
Qoplama cho‘ntakni tikish
Yaxlit bichiqli fartukning qoplama cho‘ntagi bitta bo‘lsa, u 
holda cho‘ntak o‘rta markaziy chiziq bo‘yicha tikiladi. Agar 
cho‘ntak ikkita bo‘lsa, 44-rasmda belgilangandek tikib chiqi-
ladi.
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, cho‘ntakning bichig‘i, 
to‘r, burma, qaychi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Cho‘ntakning ovalsimon qismi far 
tuk etagiga ishlov be-
rilganidek bajariladi (45-rasm).
2. Cho‘ntakning yuqori qismi avval 
0,5 sm ga bukib olinadi, so‘ngra 2 sm 
ga yana bukib, qo‘lda ko‘klab chiqiladi.
3. Ko‘klov choklaridan 0,1 sm ora-
liqda mashinada baxyaqator yuritiladi va 
ko‘klov iplari sug‘urib olinadi, chokla-
riga namlik-issiqlik ishlovi beriladi (47-
rasm).
4. Cho‘ntakning to‘g‘ri qismi teskari 
tomoniga 1 sm bukib, ko‘klab olinadi.
47-rasm
. Qоplаmа 
cho‘ntаkni tikish.


171
5. Tayyor bo‘lgan cho‘ntaklar fartuk ning belgilangan cho‘n-
tak o‘rinlariga qo‘ 
yi 
lib, to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi. 
So‘ngra cho‘ntakni 3 ta tomonidan fartukka ko‘klab chiqiladi 
(47-rasm).
6. Ko‘klov choklari yonidan mashinada bostirib tikib qo‘yi-
ladi, cho‘ntakni tikish boshida va oxirida chok mahkamlana-
di, ko‘klov iplari olib tashlanadi va cho‘ntaklar dazmollanadi.
1. Qoplama cho‘ntakni tayyorlab olishni tushuntirib bering.
2. Qoplama cho‘ntak fartukka qanday birlashtiriladi?
3. Qoplama cho‘ntak fartukka qanday joylashtiriladi?
Fartukka oxirgi ishlov berish va dazmollash
Ko‘krakpech qismi yaxlit bo‘lgan fartukning belbog‘i va 
bo‘yin 
bog‘i qiya tasmadan tayyorlanadi. Qiya tasmani asosiy 
gazlamadan bichib tayyorlab olish yoki tayyor tasmalardan 
foydalanish mumkin. 220–230 sm tasma kerak bo‘ladi. Bu 
tasma ikkiga bo‘lib olinadi. Tasma fartukka quyidagi tartibda 
ulanadi:
1. Bo‘lib olingan tasmaning bir bo‘lagidan bo‘yinbog‘ 
uchun 30 sm qoldirib, ko‘krakpech qismining yon tomoniga 
mag‘izning bir tomoni 0,5 sm chok haqi ko‘klab olinadi va 
qolgan qismi belbog‘ uchun qoladi 
(48-rasm, a).
2. Ko‘klov choklaridan 0,1 sm 
ora 
liqda mashinada baxyaqator 
yuritiladi va ko‘klov iplari sug‘urib 
olinadi.
3. Tasmani bo‘yinbog‘ va bel-
bog‘ qismi mag‘iz ko‘rinishida, 
ko‘k 
rakpech qismining yon tomo-
48-rasm. Fartukning 
bo‘yinbog‘, belbog‘i va yon 
qismiga ishlov berish.
a
b


172
niga, mag‘izning ikkinchi tomoniga ham mag‘iz ko‘rinishida 
ko‘klab olinadi.
4. Butun uzunligi bo‘yicha mag‘iz ko‘klangan chok bo‘ylab 
mashinada bostirib tikiladi, ko‘klov ipla 
ri olib tashlanadi (48-
rasm, b).
5. Tayyor fartuk yaxshilab dazmollanadi va taxlanadi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling