Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

50-rasm. Suv chоk. 51-rasm. Irоqisimоn chоk.
52-rasm. Yo‘rma 
chоk.


175
Petlya chok qaviqlari chapdan o‘ngga 
tomon gazlama ziyiga perpendikular 
joy 
lashtirib tikiladi. Bu choklar gardish-
siz tikiladi. Chok qaviqlarining yirikligi 
bir xil bo‘lishi kerak. 
Popop chok (53-rasm). Chok bir-bi-
rining ichidan chiqib keladigan uzluk-
siz qator petlyalardan iborat bo‘ladi. Bu 
chokni gardishda va gardishsiz tikish 
mumkin. Ikkala holda ham ignani o‘zi 
tomon yuritib qaviq tushiriladi. Kashtani gardishsiz tikayot-
ganda gazlama tortilib qolmasligini, chok petlyalari yumaloq 
shaklda bo‘lishini kuzatib borish kerak. Popop chokni siniq 
chiziq tarzida tikish ham mumkin. Bunday chokning teska-
ri tomonidan qaviqlari va o‘ng tomonidagi petlyalari chok-
ning o‘rta chizig‘idan navbatma-navbat bir chapga, bir o‘ngga
joylashgan bo‘ladi. 
Kashtachilikda qo‘llaniladigan chok turlarini tikish
Asbob va moslamalar: stol, stul, tikilgan namunalar, 
sidirg‘a gazlama bo‘lagi, igna, angishvona, qaychi, santimetr 
lenta, texnologik xarita, turli xildagi iplar to‘plami:
1. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, sanitariya-gi-
giyena qoidalari takrorlanadi.
2. Kashta chok turlari ko‘rsatilgan texnologik xarita tarqa-
tiladi.
3. 20 x 20 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘lagi qirqib 
olinadi.
4. Gazlama bo‘lagining chetki qir 
qimlarining ipi 0,5–1,0 
sm gacha sug‘urib olinadi.
5. Gazlama bo‘lagida kashta nusxalarini tikish uchun 
kerak 
li chiziq va belgilar chizib olinadi (bunda tarqatilgan 
53-rasm. Pоpоp chоk.


176
chok namunalari tikilgan ko‘rgazma qurollarga e’tibor qarati- 
ladi).
6. Qaytma chok, suv chok, iroqisimon chok, petlya chok, 
popop choklarni birma-bir texnologik xaritadan foydalanib 
tikiladi.
7. Choklarni tikishda turli rangdagi iplardan foydalaniladi.
8. Chok namunalarini tikib bo‘lingach, gazlama bo‘lagini 
avval teskari, so‘ngra o‘ng tomonidan dazmollanadi.
9. Bajarilgan kashta namunasi albomga yopishtiriladi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling