Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy o‘yinchoq (qo‘g‘irchoq) tikish texnologiyasi
Asbob va moslamalar: stol, stul, zanjirsimon popop chok
namunalari, 110 x 110 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘la- gi, igna, angishvona, qaychi, santimetr lenta, turli xildagi mu- lina iplar, gardish. 1.110 x 110 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘lagining qirqimlariga tikuv mashinasida ishlov beriladi. 2. Belbog‘ning to‘rt tomonidan bir xil kenglikdagi hoshiya chiziladi. Belbog‘da gulning naqshi, asosan, 4 ta chetki qis- mining hoshiyasida joy- lashgan bo‘ladi. (Hoshiyaning kengligi tikiladigan chok- ning kengligiga mos bo‘lishi kerak (55-rasm). 3. Avval naqsh guli qiyiq- chaga tushirib olinadi, bel- bog‘ bo‘lib-bo‘lib gardish- 55-rasm. Qiyiqcha uchun naqsh nusxalari. 12 – Mehnat ta’limi, 5-sinf 178 ga tortiladi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda tikib chiqiladi. Bunda mulina iplarini ikki qavat qilib ishlatish tavsiya qilinadi. 4. Belbog‘ga hoshiyadan tashqari uning 4 ta uch tomoni- ga (hoshiyadan ichkarida bo‘ladi) naqsh gulini tushirib tikish ham mumkin. 5. Nusxa tikib bo‘lingach, belbog‘ning avval teskari, so‘ngra o‘ng tomonidan dazmollanadi. 1. Qiyiqcha-belbog‘ning vazifasi nimalardan iborat? 2. Qiyiqchani tikish uchun qanday asbob va moslamalar kerak bo‘ladi? 3. Qiyiqchaga qanday gazlama ishlatilgani ma’qul? 4. Qiyiqchani tikishda qanday kashta choki turidan foydalaniladi? 5. Qiyiqchaga tikiladigan naqsh guli gazlamaga qanday tushiriladi? 6. Qiyiqchani tikish bosqichlarini aytib bering. Milliy o‘yinchoq (qo‘g‘irchoq) tikish texnologiyasi Turli xil gazlamalardan hamda gazlama qoldiqlaridan yum- shoq o‘yinchoqlarni tikish mumkin. Bunday o‘yinchoqlarni bezashda turli jun, charm, porolon, tasmalardan foydalaniladi. O‘yinchoqning ko‘zlari uchun tugmachalar va taqinchoqlar, og‘zi uchun esa charm yoki kleyonka ishlatiladi. Ko‘p qizlar qo‘g‘irchoq o‘ynashni va qo‘liga igna ushlash- ni boshlashi bilan qo‘ g‘i rchoqlariga ko‘ylak tikishni yaxshi ko‘ra dilar. Umumta’lim maktablarida meh nat ta’limi darsla- rida qizlarga gazlama qoldiqlaridan qo‘g‘irchoqlarga ko‘ylak tikishni o‘rgatish bilan birga qo‘g‘irchoqni tayyorlash ham o‘rgatiladi. Quyida taklif qilinayotgan milliy uslubda yasalgan qo‘g‘irchoq bo‘lib, uni tikishda oddiy usullardan foydalanil- gan (56-rasm). 179 Mazkur qo‘g‘irchoqning avval tana qismi tayyorlab olinadi. Tana qismi uchun zich to‘qilgan ochiq rangdagi sidirg‘a gazlama- dan foydalaniladi. Uning ichini sintefon yoki paxta bilan to‘ldiriladi. So‘ngra soch- lari qora jun ipdan tayyorlanib yopishtiri- ladi yoki tikib qo‘yiladi. Qo‘g‘irchoqning yuz qismi kashta bilan bezatilishi mumkin. Tayyor bo‘lgan qo‘g‘irchoq uchun ko‘ylakni atlas yoki adras gazlama bo‘laklaridan foydalanib tikish mumkin. Buning uchun tayyor qo‘g‘irchoqning o‘lchamlari oli- nib, ko‘ylakning chizmasi chiziladi. Bunda ko‘ylakning orqa bo‘lagida bel qismigacha taqilma bo‘lishi kerak. Shunda ko‘ylakni qo‘g‘irchoqqa kiydirish oson bo‘ladi. Ko‘ylakning bo‘yin o‘miziga va yengning etak qismiga burmalar bilan ishlov be- riladi. Qo‘g‘irchoq uchun lozim ham tikilib, uning pochasiga ji- yak o‘rniga tasma bilan yoki kashta tikib ishlov beriladi. Qo‘g‘irchoqning kavushi esa qora rangdagi istalgan gazla- madan tayyorlanadi. Bunda berilgan o‘lchamda kavush tikilib, sintefon bilan to‘ldiriladi va qo‘g‘irchoqning oyoq uchlariga tikib qo‘yiladi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling