177
bog‘ bizda juda qadim zamonlardan beri foydalanib keli-
nadi. Hali tugmalar ishlatilmagan zamonlardayoq choponning
oldi yopilib turishi uchun belbog‘ bilan mahkam bog‘lab
qo‘yishgan. Payti kelganda belbog‘, joynamoz,
dasturxon,
peshonabog‘, dastro‘mol, tugun o‘rnida ham ishlatilgan. Qi-
yiqcha-belbog‘ tikish uchun gulsiz sidirg‘a surp, satin, se-
lon, atlas va tovar matolar ishlatilgan. Belbog‘ni gullari ilma,
yo‘rma, suv, bosma choklarida tikilgan va turli o‘lchamli
bo‘lgan. Hozir ham belbog‘ o‘zbek xalqining turli marosim-
larida ishlatiladi. Qiyiqchaning o‘lchami 110x110 sm bo‘ladi.
Qiyiqchani bichish va zanjir chokda tikish
Qiyiqchada uning naqshi, asosan, 4 ta chetki qismida joy-
lashgan bo‘ladi. Avval naqsh guli
qiyiqchaga tushirib olinadi
va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda
tikib chiqiladi (55-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: