Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


BUYUMLАRNI TА’MIRLАSH TЕХNОLОGIYASI


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

2.5. BUYUMLАRNI TА’MIRLАSH TЕХNОLОGIYASI
Amaliy mashg‘ulot. 
Chokidan so‘kilgan turli
buyumlarni 
tikish
Kiyimlarni tuzatishda ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish kerak. Bajari-
ladigan ishga qarab ish o‘rni tayyorlanadi. Bajariladigan ishlar qo‘lda 
tikish, tugma qadash, petlya tikish, yamoq solish, kiyimning so‘kilgan 
choklarini tikish, ilgak chatishdan iborat bo‘lishi mumkin. Bu ishlar 
uchun stol va stul, tikuv mashinasi, dazmol, ish qutichasi va kerakli 
asboblar tayyorlanadi. Ish joyiga yorug‘lik yaxshi tushib turishi kerak.
Ayrim hollarda kiyimning choki so‘kilib ketadi. Keskin qilingan 
harakat, juda katta qadam tashlash, kiyim tikilgan iplarning sifatsizligi 
choklarning so‘kilishiga sabab bo‘ladi.
Kiyimning so‘kilgan joyini tikish qo‘lda yoki mashinada bajari- 
ladi. Buning uchun gazlama rangidagi g‘altak ipi va igna kerak 
bo‘ladi. Igna gazlama qalinligiga mos bo‘lishi lozim.
Amaliy ish: Chokidan so‘kilgan turli buyumlarni tikish.
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, g‘altak ip, igna.


188
Ish quyidagi tartibda olib boriladi (63-rasm):
1. So‘kilgan joyidagi iplari olib tashlanib daz-
mollanadi (63-rasm, a).
2. Gazlamaning so‘kilgan joyiga to‘g‘nag‘ich 
qadaladi va qo‘lda ko‘klanadi (63-rasm, b).
3. Gazlamaning so‘kilgan joyini qo‘lda qaytma 
chok bilan mashina chokining qatorida tikib chiqi-
ladi (63-rasm, d).
4. Ko‘klov choklari olib tashlanadi va chok 
dazmollanadi.
5. Bajarilgan ishning sifati tekshirib chiqila-
di, ya’ni tikilgan qo‘l qavig‘i maydaligi, mashina 
chokining qatoriga to‘g‘ri kelishi, tekis tikilganligi 
tekshiriladi.
Amaliy ish: Yamoq solish.
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, g‘altak ip, 
igna. Ish quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Gazlamani yirtilgan joyidan o‘ngini ichka-
riga qilib, qirqimlarini bir-biriga to‘g‘rilab ikkiga 
buklanadi. Yirtilgan joyga to‘g‘nag‘ich qadaladi va 
qo‘lda ko‘klanadi (64-rasm, a).
2. Yirtilgan qirqimni mayda yo‘rma qaviqda qo‘lda tikib chiqiladi 
(64-rasm, b).
3. Ko‘klov choklari olib tashlanadi va chok dazmollanadi.
4. Bajarilgan ishning sifati tekshirib chiqiladi. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling