192
Plyonka ostida sabzavot yetishti-
rish. Plyonka ostiga ekin ekila digan
yerlar janub tomonga qiyaroq bo‘lsa,
bahorda tez qiziydi va urug‘ yoki
ko‘chatlarni barvaqt,
qisqa muddat
ichida ekib olish imkonini bera-
di (3-rasm). Buning uchun yerlar
kuzda haydalib,
borona bosiladi va
ekin turiga qarab egat olinadi. Yer-
dan qor ketishi bilan (fevral–mart
oylarida) egatlar usti polietilen
plyonka bilan yopiladi, bu tuproq
ning
qizishiga yordam be-
radi. Buning uchun diametri 4–6 mm, uzunligi 90–100 sm
keladigan simlar yarim oysimon shakl
da egiladi va ekiladi-
gan egatlar o‘rtada qoldirilib, simning ikki uchi yerga qa-
daladi. Egilgan simlar oralig‘i 100 sm dan bo‘lib, ularni bir-
biriga kanop iplar yordamida
birlashtiriladi, egatlarning bosh
va etak tomoniga qoqilgan qoziqlarga ikki uchi tarang tortib
bog‘lanadi. Plyonka yopilgan egatlar tuprog‘i 8–10 kunda
qiziydi va ularga dalaga nisbatan 1–2 oy ilgari urug‘ sochish
yoki ko‘chat o‘tqazish mumkin bo‘ladi.
Issiqxonalar – maxsus oynavand
yoki plyonka bilan yo-
pilgan qurilmalar bo‘lib, ularda isitish manbalaridan foy-
dalangan holda ekin
lar yetishtiriladi (4-rasm). U yerning
tuprog‘i himoyalangan bo‘lib, unda
yilning
har qanday davrida ham
o‘simliklarni o‘stirish mumkin.
Qishki, bahorgi, yozgi issiqxonalar
ham bo‘ladi. Unda o‘simliklarni ye-
tishtirish uchun qulay sharoit yara-
tish imkoniyati mavjud. Havo va
tuproq harorati boshqarib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: