Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


-rasm. Plyonka ostida  sabzavot yetishtirish. 4-rasm


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

3-rasm. Plyonka ostida 
sabzavot yetishtirish.
4-rasm. Issiqxona


193
O‘simliklar o‘z vaqtida sug‘oriladi va oziqlantiriladi. Bu ish-
larning hammasi yuqori hosil olish 
ga yordam beradi.
Issiqxonalar, asosan, karam, pomidor va boshqa sabzavot-
lar, gullar yetishtirish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, is-
siqxonalarda ko‘chat yetishtirish bilan ham shug‘ullaniladi.
Issiqxonani ekish uchun tayyorlash:
1. Tayyorlangan chuqurlikka 30–35 sm qalinlikda tekis qi-
lib go‘ng solinadi va yaxshilab bostirib qo‘yiladi.
2. Termometr bilan o‘g‘it qizishi tekshirib boriladi. Agarda 
harorat 45°C atrofida bo‘lsa, unga tuproq solish mumkin. 
3. Agarda issiqxona suv bilan isitiladigan bo‘lsa, unda av-
val trubalar tekshirib chiqiladi.
4. Tayyorlangan tuproq elab olinadi.
5. Tayyorlangan issiqxonaga 15–20 sm qalinlikda tuproq 
solinadi. Tuproq xaskash bilan tekislanadi.
6. Issiqxona ramasi va tuproq yuzasi o‘rtasidagi balandlik 
chizg‘ich yordamida aniqlanadi. O‘simlik turiga qarab, bu ba-
landlik 10–15 sm bo‘lishi mumkin. 
7. Issiqxona tuprog‘i yaxshi qizishi uchun uni qalin mato 
bilan yopish kerak.
1.
 
Plyonka ostida qanday sabzavot turlari yetishtiriladi?
2. Issiqxonalarda ekinlarni parvarish qilish qoidalarini aytib bering.
 
1.2. QISHLОQ ХО‘JАLIGIDA ISH QUROLLARI VA 
ULARDAN FOYDALANISH
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 
texnikasi va texnologiyasi 
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy qishloq 
xo‘jalik ishlari mexanizatsiyalashtirilgan. Respublikamiz jamoa 
13 – Mehnat ta’limi, 5-sinf


194
xo‘ja 
liklarida traktor, kombayn va boshqa turli texnikalardan 
foyda laniladi.
Texnika so‘zi bir necha ma’noda qo‘llanadi. Biz uni mod-
diy ne’matlar yaratish uchun qo‘llaniladigan ish qurollari va 
vosita 
lari majmuasi sifatida bilamiz. Shuningdek, u inson 
faoliyati vosita 
lari yo‘nalishini, faoliyatini amalga oshirish 
usullarini ham anglatadi. Bunday vositalarga mashinalar, 
mexanik ish qurollari, turli qurilmalarni kiritish mumkin.
Qishloq xo‘jaligi mashina va uskunalari o‘simliklarga ishlov 
berish ishlarini bajarishiga qarab, quyidagi asosiy guruhlarga 
ajratiladi: yerga ishlov berish, o‘g‘it sepish, urug‘ va qishloq 
xo‘jalik o‘simliklarini ekish, o‘simliklarni parvarishlash, ho-
silni yig‘ish va mahsulotga dastlabki ishlov berish uchun 
ishlatiladigan texnikalar. 
Yerga ishlov beruvchi mashina va uskunalarga pluglar, bo-
ronalar, kultivatorlar va boshqalarni kiritish mumkin. 
O‘g‘it sepish uchun qattiq va suyuq organik o‘g‘itlar so-
lish qurilmalaridan foydalaniladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari 
urug‘lari seyalkalar yordamida ko‘chatlarni ekish mashinalari 
bilan amalga oshiriladi.
O‘simliklar kultivatorlar, changlatkich, purkagich mashi-
nalari yordamida parvarishlanadi.
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklari o‘rish mashinalari – kom-
baynlar yordamida yig‘ib olinadi. 
Yig‘ishtirib olingan mahsulotlarga dastlabki ishlov be-
rish uchun donni tozalash, ajratish va boshqa mashinalardan 
foydalaniladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning bog‘dorchilik, 
chorvachilik, deh 
qonchilik va boshqa sohalarida turli xildagi 
ishlarni bajaruvchi ko‘p sonli texnikalar qo‘llaniladi.
Mana shu mashinalarda keng doirada ish bajara oladigan 
mexanizatorlar ishlaydi. Ular qishloq xo‘jaligi texnikasini, 


195
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini o‘stirish va uy hayvonlarini 
boqish sharoitlarini bilishi kerak. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling