Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 O‘simliklarni parvarishlash usullari va agrotexnikasining tarkibiy  qism  larini aytib bering. 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. O‘simliklarni parvarishlash usullari va agrotexnikasining tarkibiy 
qism 
larini aytib bering.
2. Qishloq xo‘jalik mashinalari qanday guruhlarga ajratiladi?
3. O‘simliklar qanday mashinalar yordamida parvarishlanadi?
 
Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish
texnologiyasi va jarayoni
Chigit una boshlashidan to yangi urug‘ 
hosil qilguniga qadar g‘o‘za ma’lum rivojla-
nish bosqichlarini bosib o‘tadi (5–6-rasmlar). 
G‘o‘za o‘sish va rivojlanish jarayoni davo-
mida 5 ta asosiy bosqich farqlanadi: 
1. Unib chiqish.
2. Chinbarg chiqarish.
3. Shonalash.
4. Gullash.
5. Pishish.
Unib chiqish. Chigitning unishi uchun 
tuproq harorati 10–12°C dan past bo‘lmasligi 
kerak. Agar tup roq harorati 20–25°C bo‘lsa, chi gitning unishi 
tezlashadi. Chigitning una boshlashidan yosh maysalarning 
yer betiga chiqishi issiqlik haroratiga qarab har xil bo‘ladi: 
doimiy 15°C da 19–20 kun; 20°C da 8 kun; 25°C da 4 kun. 
Chigit ertaroq yoki kechroq muddatda ekilsa ham, unishdan to 
ko‘karib chiq 
quncha bo‘lgan davrda o‘rtacha sutkalik harorat 
15°C ni tashkil etishi kerak.
Yer betiga urug‘ palak yorib chiqishi bilan barg hosil 
bo‘lish bosqichi boshlanadi. 50 foizdan ortiq unib chiqishi 
5-rasm. G‘o‘za 
gullashi va hosili.


196
6-rasm. G‘o‘zaning rivojlanish 
bosqichlari: 1–unib chiqish;
2–chinbarg chiqarish; 3–sho-
nalash; 4–gullash; 5–pishish.
1
2
3
4
5
chigitning to‘liq unib chiqish 
bosqichi deyiladi. Chigit unib 
chiqayotganda, asosan, urug‘ 
palakdagi zaxira oziqa moddalar 
hisobiga rivojlanadi. Ekilgan 
chigit tuproqda harorat, namlik 
va havo yetarli bo‘lsa 5–8 kun 
ichida unib chiqadi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling