198
Kartoshka
ning bitta tupida 3–6 taga-
cha poya hosil bo‘ladi. Poya ba
landligi
50–80 sm, poyaning rangi ko‘k yoki
qizg‘ish-qo‘ng‘ir bo‘lib, o‘ziga xos
hidga ega. Gullari shingilsimon bo‘lib,
yirik va mayda bargchalari ko‘p bo‘ladi.
Bitta gul bandida 2–3
ta va undan or-
tiq gul ochiladi. Mevasi shirasimon
suvli, ikki bo‘lakli rezavor meva.
Uning
ichida juda mayda,
biroz yassi, sarg‘ish
rangdagi urug‘lari bo‘ladi (7-rasm).
Yetishtirish texnologiyasi. Almashlab
ekish. O‘zbekiston sha
roitida kartosh-
ka yetishtirish uchun tog‘ va tog‘oldi
hududlari, daryo etaklari tuprog‘i eng maqbul hisoblanadi.
Bunday tuproqlar organik o‘g‘itlarga
boy hamda kamroq
qiziydi. Shuningdek, bo‘z yerlar
va boshqa tur tuproqlar ham
kartoshka yetishtirish uchun yaroqlidir. Kartoshka sabzavot
turlari bilan almashlab ekiladi. Karam, bodring, poliz, ildizme-
vali va dukkakli ekin kartoshka uchun o‘tmishdosh
hisoblana-
di. Kechki kartoshkani sabzavot, boshoqli
don va silos uchu n
ekinlar – makkajo‘xoridan bo‘shagan yerlarga ekish mumkin.
O‘g‘itlash. Kartoshka bahorgi o‘g‘itlarga sezgirdir. Azot
poya ning o‘sishini kuchaytiradi va hosildorlikni oshiradi. Ma-
halliy sharoitda kartoshka ko‘proq azotli va fosforli o‘g‘itlarni
talab qiladi. Bu ekin, ayniqsa, mineral o‘g‘itlarga sezgirdir.
Organik moddalar kam tuproqlarda kartoshka o‘g‘itlarga ta-
labchan bo‘ladi. Organik va mineral o‘g‘itlardan birgalikda
foydalanish yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: