Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Chinbarg chiqarish. Chigit 
yer betiga unib chiqqach, ma’lum 
vaqtdan keyin g‘o‘zada birinchi 
chinbarg chiqadi. Birinchi 
normal ekish muddatida sutkalik 
o‘rtacha harorat 15–16°C bo‘lsa, 
chigit unib chiqqandan keyin 
o‘rtacha 8–9 kunda birinchi 
chinbarg chiqishi kuzatiladi. 
25°C issiqlikda 4 kundan keyin 
birinchi chinbarg chiqishi aniqlangan. Havo harorati yuqori 
va tuproq nami yetarli bo‘lsa, chinbarglar tez hosil bo‘ladi. 
Odatda, birinchi chinbarg unib chiqqanda 8–12 kundan keyin 
ikkinchisi paydo bo‘ladi, navbatdagilari esa oldingilardan 3–5 
kun oralatib chiqa boshlaydi.
Shonalash. G‘o‘zada 7–8 chinbarg chiqqanida, 5–6-chinbarg 
yonidan hosil shonasi ko‘rinadi. Tajribalarda kuzatilishicha 
sutkalik o‘rtacha harorat 20°C bo‘lganda birinchi chinbarg 
chiqishidan shonalashgacha o‘tgan davr 30–36 kun, 25–56°C 
bo‘lganda 22–24 kunga to‘g‘ri keladi. Hosil shoxida paydo 
bo‘lgan shonalar kichik, 3–5 mm kattalikda, piramidasimon 
shaklda bo‘lib, atrofini 3 ta shonabarg o‘rab turadi. Hosil 
shoxdagi shona bo‘g‘im uchidagi kurtaklardan paydo bo‘ladi. 


197
O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishida bitta hosil shoxida bir 
necha shona paydo bo‘lishi mumkin. 
Gullash. Me’yorida o‘sish sharoitida g‘o‘zada 9–11 ta 
hosil shox paydo bo‘ladi va birinchi hosil shoxning birinchi 
bo‘g‘imidagi birinchi shona ochiladi va gullash fazasi 
boshlanadi. Gullash fazasi boshlanishi uchun sutkalik o‘rtacha 
harorat 19–20°C atrofida bo‘lishi lozim. G‘o‘za tupida 
shonalar paydo bo‘lganidan keyin, gullar pastgi shoxlardan 
boshlab ochila boshlaydi. Har bir shoxda esa poya tomonidan 
shoxning uchiga qarab asta-sekin nav 
bati bilan ochiladi. 
Poyaning uchiga qarab, gullar ochilishi o‘rtacha 2–3 kun, 
bir shoxning o‘zidagi bir gul bilan ikkinchi gulning ochilishi 
o‘rtasida 5–7 kun o‘tadi.
O‘zbekiston sharoitida g‘o‘za iyun oyida gullay boshlaydi 
va o‘sish davri oxirigacha da 
vom etadi. O‘rta tolali navlar 
guli ertalab och sariq va och qizil, kunning ikkinchi 
yarimida esa qizil va binafsharangga kiradi. Ingichka tolali 
g‘o‘za navlari ertalab sariq, kechqurun qoramtir-sariq rangda 
bo‘ladi.
1. G‘o‘zaning rivojlanish fazalarini sanab bering.
2. Chigit qanday haroratda unib chiqadi?

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling