Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


yumshatib tekislash ishlarining ahamiyati


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

yumshatib tekislash ishlarining ahamiyati 
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan yuqori hosil olish maqsa-
dida yer 
ga ishlov beriladi. O‘simliklar ekin maydonlaridan 
yig‘ishtirib olingach, kuzda kuzgi ishlov berish o‘z vaqtida 
10-rasm. O‘g‘it sеpish moslamasi.


204
va sifatli amalga oshirilishi kelasi yilgi mo‘l hosil garovidir. 
Zero, ota-bobolarimiz: «Yer haydasang, kuz hayda, kuz hay-
damasang, yuz hayda», – deb bekorga ta’kidlamagan.
Bahorda ekin ekishdan oldin ham yerga o‘ziga xos ishlov 
beriladi.
Kuzgi ishlov berish. Kuzgi yer haydashni kuzgi shudgor 
deb ataladi, uni qishki sovuq tushishidan oldin bajariladi.
Tuproqqa kuzgi ishlov berishning ahamiyati
Maqsad
Natija
Chuqur yumshoq tuproq qatlamini 
yaratish
Tuproq yumshoq bo‘lsa, suv, havo 
yaxshi kirib boradi, tuproq yaxshi 
qiziydi
Tuproqqa o‘g‘it, o‘simliklar 
qoldiqlarini tashlaydilar 
Tuproq oziq moddalar bilan boyitiladi
Maqsad
Natija
Begona o‘tlar urug‘lari chuqur 
ko‘mib yuboriladi, begona o‘tlarning 
yerosti qismi yer yuziga chiqariladi
Begona o‘tlar soni kamayadi, chunki 
ko‘plab urug‘lar katta chuqurlikdan 
o‘sib chiqa olmaydi. Yer yuziga 
chiqarilgan o‘tlarning yerosti qismi esa 
sovuqdan va qurishdan nobud bo‘ladi
Qishga tuproq ostiga yashirinib 
olgan zararkunanda hasharotlarni 
yuzaga chiqarish, tuproq yuzasida 
qishlaydiganlarini yerga chuqur 
ko‘mib yuborish
Zararkunanda hasharotlar kamayadi
Ekin maydoni yuzasida baland- 
pastliklar, notekisliklar hosil qilish
Qishda maydonlarda qor to‘planishi 
sababli tuproq namligi ortadi
Yer haydash usullari. Yer ikki usulda, ya’ni aylanma va 
taxtalarga bo‘lib haydaladi. Aylanma usulda haydashda traktor 
dalaning chetidan aylanib o‘rtasiga tomon kirib boradi va 
8 – Mehnat ta’limi, 5-sinf


205
dalaning o‘rta qismida egatcha hosil bo‘ladi. Bunda dalaning 
burilish joylari yuza haydaladi va ba’zan haydalmay qoladi. 
Aylanma haydashda plug ko‘tarilmay traktor buriladi, natijada 
pluglar ko‘proq ishdan chiqadi, ayrim hollarda sinadi, shuning 
uchun bu usul dehqonchilikda deyarli qo‘llanilmaydi.
Ikkinchi usulda dalalar 40–60 m kenglikdagi paykallarga 
bo‘lib haydaladi. Bunda traktor taxtaning o‘rtasidan yurib chek-
kasiga qarab haydaydi va dalaning o‘rtasida ag‘darilayotgan 
tuproq qatlami ustma-ust tushib, marza hosil bo‘ladi. Agar 
traktor taxtaning chekkasidan boshlab, ichkarisiga qarab 
haydasa, oxiriga kelganda taxta o‘rtasida egat hosil bo‘ladi. 
Chunki plug tuproq qatlamini tashqari tomonga ag‘daradi.
Yerni taxtalarga bo‘lib haydashda traktor dalaning etagiga 
borgach, plug ko‘tariladi, traktor orqasiga qaytariladi va hay-
dashga to‘g‘rilangandan so‘ng plugni tushirib haydash davom 
ettiriladi. Yer 
ni taxtalarga bo‘lib haydashda shudgor yuzi te-
kis bo‘ladi va dala bir xil chuqurlikda haydaladi. Bu usul-
ning kamchiligi – traktor buriladigan joyni alohida haydashga 
to‘gri keladi hamda dala o‘rtasida do‘nglik yoki egat hosil 
bo‘ladi. Buning oldini olish uchun 
dalani navbat bilan bir yil 
ichkarisiga, kelasi yili tashqarisiga ag‘darib haydash lozim.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling