Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Chala ustunchani to‘qish uchun 20 ta halqalardan iborat 
zanjir to‘qib olinadi. Eng so‘nggi birinchi halqani qoldirib, 
undan keyingi ikkinchi halqa orasiga ilmoq uchi kiritiladi va 
koptokdan kela 
yotgan ishchi ip ilmoq uchi bilan ilintirilib
shu oraliqdan va birinchi halqa oralig‘idan tortib chiqariladi. 
Ilmoqda yangi bitta halqa hosil bo‘ladi. Yana ilmoq uchi ke-
yingi uchinchi halqa oralig‘iga kiritilib, ishchi ip shu va ilmoq- 
dagi halqa orasidan tortib chiqiladi va hokazo (60-rasm, f).
Xomaki halqasiz (past) ustunchalar to‘qish uchun 20 ta 
havoyi halqadan iborat zanjir to‘qib olinadi. Zanjirdagi uchin-
chi halqa orasiga ilmoq uchi kiritilib, koptokdagi ishchi ip 
ilinadi va shu halqa oralig‘idan tortib chiqariladi. Ilmoqda 
ikki qator halqa hosil bo‘ladi. Ilmoq uchi bilan yana ishchi 
ip ilib olinib, ilmoqdagi ikkala halqalar orasidan tortib chiqa-
riladi. Navbatdagi halqalar ham xuddi shunday bajariladi. 
Har bir zanjirdan bitta ustuncha to‘qiladi. Qator so‘ngida 
milk halqa to‘qilib, ish o‘giriladi va yana shu tariqa to‘qish 
davom ettiriladi.
Yangi qatorni to‘qish uchun ilmoq uchi oldingi qator hal-
qasining orasiga emas, balki uning asosiga kiritilib, ishchi ip 
ilinadi va shu oraliqdan yangi halqa tortib chiqiladi, so‘ng 
yana ilmoq uchi bilan ishchi ip ilinib, ilmoqdagi ikki halqa 
oralig‘ida tortib chiqiladi va hokazo (61-rasm).
61-rasm. Xomaki halqasiz (past) ustunchalar.
a
b
d


186
Har yangi qator to‘qilganda halqalar sonini tekshirib bori-
lishi, ya’ni har bir zanjir ustiga bittadan yangi halqa to‘g‘ri 
kelishi lozimligini kuzatib turish kerak. Aks holda, halqalar 
soni o‘zgarib, polotno kengligida o‘zgarish sodir bo‘lishi, 
ishning tekis chiqmasligi kuzatiladi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling