Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Ushlagich tayyorlash. Asbob va moslamalar: ish qu-
tichasi, ushlagich uchun gazlama (16 x 31 sm), chizg‘ich, 
qalam, igna, ip.
1. Gazlamani tayyorlash: o‘ngini ichiga qaratib ikkiga buk-
lanadi (8 x 31 sm) va 3 tomon chetidan 0,5 sm ko‘klab 


145
chiqiladi hamda o‘ngiga ag‘darish uchun 3–4 sm joy tikilmay 
qoldiriladi. Qo‘l ishini bajarishda o‘rta barmoqqa angishvona 
tutiladi. 
2. Qoldirilgan qismidan o‘ngiga ag‘darilib, choklari to‘g‘ri-
lanadi va dazmollanadi. 
3. Tayyorlangan gazlama teng uch bo‘lakka (7 x 10 sm) 
bo‘linib pa 
rallel chiziqlar o‘tkaziladi.
4. Gazlamani hamma chiziqlar ustidan qo‘lda ko‘klash 
qavig‘ida tikib chiqiladi (25-rasm).
5. Ushlagichning atrofini tekislab, dazmollanadi. Bir uchiga 
ipdan ilgak chatiladi.
Gazlamalarni silliqlash, tikilgan buyum choklarini tekislash 
uchun dazmol qilinadi. Kiyimni tikishda dazmoldan to‘g‘ri 
foydalanilsa, ish sifatli chiqadi. Dazmol yengil, o‘rta, og‘ir 
vaznli bo‘ladi. U 1 kg dan 10 kg gacha bo‘lib, 1–3 kg li 
yengil, 4–8 kg gacha ustki kiyimlarni dazmollashda ishlati-
ladi. Choklarni, kiyimlarni, gazlamani teskari tomonidan daz-
mollash kerak.
Elektr dazmoldan foydalanganda texnika xavfsizligi
qoidalari:
1. Dazmolni elektr tarmog‘iga ulashdan oldin shnur izo-
latsiyasi tekshirilishi, ulashda va uzishda qo‘l quruq bo‘lishi 
kerak.
2. Elektr dazmol qiziganini barmoq tegizib tekshirmaslik 
kerak.
25-rasm. Ushlagich tayyorlash.
10 – Mehnat ta’limi, 5-sinf


146
3. Elektr dazmol qizib ketishiga, simining aylanib ketishi-
ga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
4. Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak.
5. Dazmol bilan ishlayotganda oyoq tagida rezina to‘shama 
bo‘lishi lozim.
6. Ish tugagandan keyin dazmol shnurini elektrdan uzib 
qo‘yish lozim.
7. Dazmolning elektr quvvatiga ulaydigan simlari nosoz 
bo‘lsa, usta chaqirib sozlatiladi.
8. Dazmolni tik holda qo‘yish yoki maxsus taglik ustiga 
qo‘yish lozim. 
9. Dazmolni aslo yoqilgan holda qoldirmaslik kerak. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling