133
20-rasm. Polotno to‘qishni qog‘ozda amaliy bajarish.
a
b
d
va moslamalar: rangli qog‘oz, qaychi,
yelim, cho‘tka, chizg‘ich,
santimetr, albom,
ish qutichasi.
Ikki xil qog‘ozdan polotno to‘qishni
ko‘rsatish. Gazlama to‘qishda bo‘ylama
qog‘oz – tanda va ko‘ndalang qo-
g‘oz – arqoq hisoblanadi (19-rasm).
Polotnoni qog‘ozdan to‘qish, odatda,
quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
1. O‘lchamlari 105x150 mm li oq qog‘oz olib, oralari uzu-
nasiga bir xil qilib chizg‘ichda
chizib olinadi, so‘ngra to‘g‘ri
qilib kesib chiqiladi (kesiklar soni juft bo‘lsin). Shunda ular-
ning oralaridan to‘qib o‘tkaziladigan qog‘oz tasmalarning
ikkala uchini ham oq qog‘ozning
orqasiga keltirish mumkin
(20-rasm,
a).
2. Rangli qog‘ozdan tasmalar qirqiladi (20-rasm,
b). Tasma-
ning eni oq qog‘ozdagi ikki kesik o‘rtasidagi
masofaga
teng bo‘ladi. Uzunligi esa oq qog‘ozning bo‘yi bilan baro-
bar bo‘lsin. Oq qog‘ozdagi kesiklar bo‘ylama (tanda),
rangli
qog‘ozli tasmalar esa ko‘ndalang (arqog‘i) bo‘ladi.
3. Rangli tasmalarni oq qog‘ozning orqa tomonidan
o‘tkaziladi.
Ularni navbatma-navbat, goh tanda ostidan,
goh ustidan o‘tkazib to‘qiladi.
Har bir tasmaning uchi oq
Do'stlaringiz bilan baham: