Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, tex-
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xusu siyatlari.
- Paxta va zig‘ir tolasidan to‘qilgan gazlamalarning xu- susiyatlari.
Tikuv mashinasida ishlashdagi sanitariya-gigiyena, tex-
nika xavfsizligi qoidalari: 1. Ish o‘rniga yorug‘lik old yoki chap tomondan tushishi lozim. 2. O‘rindiqni mashina ignasining to‘g‘risiga qo‘yib, boshni sal oldinga egib o‘tirish kerak. 3. Tikuvchi bilan mashina stoli orasi 10–15 sm bo‘lishi lozim. 4. Sochlar ro‘mol ostiga yig‘ishtirilgan bo‘lishi kerak. 5. Mashinalar, asbob-uskunalarning yaroqliligini tekshirib turish ke rak. 6. Mashinada ishlayotganda qo‘l holatining to‘g‘ri bo‘lishiga jiddiy e’tibor qaratiladi. 7. Ishlayotgan mashinani moylash, ustidan narsalarni uza- tish mumkin emas. 130 O‘simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar, ularning xusu siyatlari. Tikuvchilikda ishlatiladigan gazlamalar tabiiy va kimyoviy tolali bo‘ladi. Tabiiy tolali gazlamalarga paxta, zig‘ir, jun, ipak tolalaridan olinadigan gazlamalar kiradi. Paxta namni tez shimadi va tez quriydi. Yorug‘lik ta’sirida paxta pishiqligini asta-sekin yo‘qotadi. +150°C da dazmol- laganda quruq paxta tolalari o‘zgarmaydi, harorat bundan osh- ganda biroz sarg‘ayadi, qo‘ng‘ir tusga kiradi va +250°C da ko‘mirga aylanadi. Paxta tolalari sarg‘ish alanga berib yona- di, kulrang kul hosil qiladi. Paxta tolali gazlamalar kuydiril- ganda kuygan qog‘oz hidi keladi. Zig‘ir tolasi paxtaga qaraganda ancha qattiq bo‘ladi. Zig‘ir tolali mato paxtaniki kabi namni tez shimadi va tez quriy- di, issiq ni yaxshi o‘tkazadi, paypaslab ko‘rilganda qo‘lga so- vuq unnaydi. Qizigan dazmol ta’siriga yaxshi chidaydi, xuddi paxtaga o‘xshab yona di. Paxta va zig‘ir tolasidan to‘qilgan gazlamalarning xu- susiyatlari. Paxta tolasidan to‘qilgan ip gazlamalar yengil, yumshoq, chidamli bo‘ladi. Ulardan tayyorlangan kiyimlar chiroyli, qulay, havoni yaxshi o‘tkazadigan, oson yuviladi- gan bo‘ladi. Tez tozalanadi, yuqori haroratga chidamlidir. Bu gazlamalar sitilmaydi, yuvilganda bo‘ylama ipi bo‘yicha ki- rishadi, tez g‘ijimlanadi va yaxshi dazmollanadi. Zig‘ir tolasidan to‘qilgan gazlamalar paxta tolasidan to‘qilgan ip gazlamalarga qaraganda chidamliroq, ular bo‘ylama va ko‘ndalang ipi bo‘yicha kam cho‘ziladi, qattiq, og‘ir va qa- linroq bo‘ladi. Zig‘ir tolasidan to‘qilgan gazlamalarning usti silliq, sitiluvchan bo‘ladi, tez g‘ijimlanadi va oson dazmolla- nadi. Paxta tolasidan buyumlarni ti kishda qo‘llaniladigan iplar ham tayyorlanadi (17-rasm). Iplar bir necha turlarga bo‘linadi: 131 17-rasm. Ip turlari: 1–mashina ipi; 2–bezak ip; 3–tikiladigan ip; 4–to‘qish ipi. mashina ipi, bezak ipi, tikiladigan iplar (ipak va mulina), to‘qish iplari. Mashina ipi bilan kiyimlar ti- kish mumkin. Mashina iplari: oddiy va ipakli, kapronli, lavsan- li iplardir. Bir qancha tolalardan ip tayyorlanadi. Tolalar maxsus mashinalarda yigiriladi, oqartiri- ladi, bo‘yaladi, kraxmallanadi va g‘altaklarga o‘raladi. Bizning sanoatimizda 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 100 va 120 raqamli iplar ishlab chiqariladi, ipning nomeri osh- gan sari o‘zi ingichkalashadi. G‘altakka o‘ralgan iplarning uzunligi 200, 500, 1000 metr gacha yetadi. Ular oq, qora va rangli bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra sur, jilosiz, yaltiroq iplarga bo‘linadi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling