132
Amaliy ish.
Sarja va polotno to‘qish. Gazlamaning
o‘ng va teskari tomonlarini, bo‘ylama va ko‘ndalang
iplarini aniqlash
Gazlamani to‘qish. Bo‘ylama va
ko‘ndalang iplar chatishib gazlamalar ho-
sil bo‘ladi. Eng oddiy to‘qish polotno
to‘qilishidir (18-rasm).
Polotno to‘qili-
shi – gazlamalarning to‘qilishi
ichida keng
tarqalgan bo‘lib, bunda bo‘ylama (tanda)
va ko‘ndalang (arqoq) iplari navbatma-
navbat keladi, gazlama o‘ngiga bir gal ar-
qoq ipi, bir gal tanda ipi chiqadi.
Iplar har
bir yo‘nalishda o‘rin almashadi. Bunday
to‘qishda gazlamaning o‘ngi va teskarisi
bir xil bo‘ladi.
Polotno to‘qilishi keng tarqalgan gazlama to‘qilishlaridan
bo‘lib, u deyarli hamma tolali
tarkibdagi gazlamalarda uch-
raydi. Masalan, paxta ipidan to‘qilgan gazlamalardan: chit,
bo‘z, surp, markizet, batist, maya va hokazolar; zig‘ir tola-
li gazlamalardan: polotno, bortovka, brezent va hokazolar.
Polotno to‘qilishida
ishlab chiqarilgan gazlamalar, boshqa
to‘qilishdagi gazlamalarga nisbatan pishiq,
gazlamaning tuzi-
lishi zich, to‘qilganda qattiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: