Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
Kerakli masalliqlar: 300 g kartoshka, 40 g sut, 10 g sa-
riyog‘. Ishni bajarish tartibi: 1. Kartoshkaning po‘sti archilib, yuvilib, bo‘laklarga bo‘linadi va tuzli suvda qaynatib pishi- riladi. 2. Kartoshka pishganidan so‘ng, suvi to‘kilib, issiqligida eziladi. 3. Ezilgan kartoshkaga sekin-asta qaynatilgan sut va sari- yog‘ solib aralashtiriladi, tuzi rostlanadi. Bunday kartoshka bo‘tqasini alohida taom sifatida ham, quyuq taomlarga garnir sifatida ham berish mumkin. 115 4. Dasturxonga tortishda bo‘tqa likopchaga solinib, qoshiq bilan «naqsh» qilib pardozlanadi va ustiga sariyog‘, oshko‘klar sepiladi. 1. Sabzavotlar qanday usullarda pishiriladi? 2. Sabzavotlarni qaynatib pishirishda nimalarga amal qilinadi? 3. Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash uchun qanday asbob va idishlar hamda qanday masalliqlar kerak bo‘ladi? 4. Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash jarayonini aytib bering. 1.4. TАОMLАR TАYYORLАSH TЕХNОLОGIYASI Tuxum va uning ozuqaviy qiymati, pishirish usullari. Dasturxonga tortilish qoidalari Tuxum juda to‘yimli mahsulot bo‘lib, uning tarkibida oqsil, mineral moddalardan kalsiy, fosfor, vitaminlar ko‘p bo‘ladi . Asosan sotuvga tovuq tuxumi chiqariladi. Tovuq tuxumining og‘irligi 45–55 g oralig‘ida bo‘ladi. Tuxum po‘sti ichiga havo va mikroorganizmlar o‘tishi na- tijasida tez buziladi. Yangi tuxum po‘stlari xira bo‘ladi. Eski tuxum po‘stlari esa silliqlanib yaltirab qoladi. Po‘st osti par- dasi juda pishiq bo‘ladi va tuxum oqligini saqlab turadi. Oqsil tuxumning asosiy qismi sanalib juda to‘yimli, organizmda to‘liq va yengil hazm bo‘ladi. Tuxumdan taom va boshqa mahsulotlar tayyorlashda uning sifati va saqlanish muddati muhim ahamiyatga ega. Yangi tuxumlar qaynatib va qovurib iste’mol qilish, tortlarga krem va xamirini tayyorlash uchun ishlatiladi. Tuxumlardan pishiriqlar tayyorlashda ham foydala- niladi. Sovuq xonada ko‘proq saqlangan tuxumlar esa xamir tayyorlashda, xamir mahsulotlari sirtiga surtishga ishlatiladi. Tuxumni ishlatishdan avval, albatta, sirti iliq suvda yuviladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling