114
bo‘ladi. Sabzavotli taomlar ovqat hazm qilishda,
ichak faoli-
yatini yaxshilashda katta yordam beradi.
Sabzavotlarni qaynatib, qovurib, dimlab pishirish mumkin.
Ularni qaynatib pishirishda quyidagilarga amal qilish zarur:
1. Sabzavotlarni qaynatib taom tayyorlanadigan bo‘lsa,
ular
biroz qay
nab turgan tuzli suvga solinadi va past olov-
da pishiriladi. Shunda ularning to‘yimliligi,
foydali moddalari
yo‘qolmaydi va vitaminlari parchalanib ketmaydi.
2. Lavlagi va sabzi tuzsiz suvda qaynatiladi,
chunki tuzli
suv ularning ta’mini buzadi.
3. Sabzavotlarni qaynatishda suv ularni 1–1,5 sm ko‘mib
turishi kerak. Agar suv ko‘proq bo‘lsa, ularning to‘yimli
moddalari kamayib ketadi.
4. C vitamini yo‘qolishining oldini olish uchun sabzavotni
usti yopiq idishda qaynatish kerak.
Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash
Amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan asbob va
idishlar: kartoshkani
qaynatish uchun qozoncha, 2
l li
tog‘oracha, blender yoki kartoshkani ezish moslamasi, likop-
chalar, qoshiq, sanchqi.
Do'stlaringiz bilan baham: