Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


 Pazandachilik xonasini jihozlashda nimalarga e’tibor berish ke rak? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Pazandachilik xonasini jihozlashda nimalarga e’tibor berish ke rak?
2. Pazandachilik o‘quv xonasida qanday texnika xavfsizligi qoidalari-
ga amal qilinadi?
3. Xonadagi sanitariya-gigiyena qoidalarini izohlab bering.
4. Pazandachilik o‘quv xonasida qanday tartib-qoidalarga rioya qi-
linadi?
5. Kishilarning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun qanday oziq 
moddalar kerak bo‘ladi?
6. Oziq-ovqat mahsulotlari qanday guruhlarga bo‘linadi?
1.2. АSBОB-USKUNАLАR, MОSLАMАLАR VА ULАRDАN 
FОYDАLАNISH
O‘zbek milliy oshxonasining o‘ziga xos 
xususiyatlari va rivojlanishi 
O‘zbek pazandachiligining o‘ziga xosligi – tansiq taom-
larning lazzatli bo‘lishi ikki omilga tegishli. Birinchi omil 


104
masalliqlarning yangi, sifatli, navlari yuqori bo‘lishi, ikkinchi 
omil taomning tashqi ko‘rinishi, xushbo‘y hidi, ajoyib mazasi 
kabi sifatlarni ro‘yobga chiqarishdir. Bu esa pazandaning ma-
horatiga bog‘liq (2-rasm).
O‘zbek taomlarini tayyorlashda xalq ko‘p iste’mol qiladi-
gan go‘sht, un, guruch, mosh, no‘xat, loviya, sabzavot va 
ko‘katlardan foydalaniladi. 
O‘zbek milliy pazandachiligida go‘shtli taomlar tayyorlash 
alohida o‘rin tutadi. Qo‘y, mol, ot, parranda go‘shtlaridan tur-
li xil lazzatli taomlar tayyorlanadi. Shuningdek, O‘zbekiston 
aholisi sut va sut mahsulotlarini keng miqyosda iste’mol qila-
di. O‘zbekiston sabzavot va mevalarga boy o‘lka hisoblanadi. 
Bu turfa mevalar va sabzavotlar o‘zbek dasturxonida munosib 
o‘rin egallagan.
Ichimliklardan, asosan, qora va ko‘k choylar iste’mol qi-
linadi. Choyga o‘zbek dasturxonida qand, parvarda, pashmak, 
novvot, asal, holva kabi qandolat mevalari tortiladi.
Taom tayyorlashda milliy pazandachiligimizda o‘ziga xos 
ziravorlar, dorivorlardan, ko‘katlardan foydalaniladi. Bundan 
tashqari, taom sifati va tashqi ko‘rinishiga ham katta ahami-
yat beriladi. 
O‘zbek taomlari tagi yarim 
sharsimon qozonlarda pishirila-
di. Bunda masalliqlarni kovlab 
qovurish qulay, ovqat tagi-
ga olmaydi, qozon-o‘choqqa 
yoki gaz plitasiga ham yaxshi 
o‘rnashadi.
O‘zbek pazandachilik san’ati 
ham boshqa sohalar kabi hech 
2-rasm. O‘zbek milliy dasturxoni.


105
qachon xolis taraqqiy eta olmaydi. O‘zbekistonda yashayot-
gan turli millatlar va qo‘shni mamlakatlar xalqlarining bir-
biriga ta’ 
siri davom etib kelaveradi. Masalan, o‘zbek taom-
nomasiga qarasak, unda yevropacha, kav 
kazcha, tatarcha
uyg‘urcha, qozoqcha, tojikcha va boshqa ko‘plab taomlar-
ning xillari qo‘shilib borayotganini ko‘ramiz. O‘z navbatida, 
bizning palovlarimiz, xamir taomlarimiz, suyuq taomlarimiz 
boshqa xalqlarning dasturxonini bezab turibdi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling