Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrotexnika armaturasi
Elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash ishlari Elektr o‘tkazgich simlarini tarmoqlash tarmoqqa elektr iste’mol chilarini qo‘shish maqsadida amalga oshiriladi. Maishiy elektr asboblarining hammasi elektr tarmog‘iga shtep- sel rozetkasi orqali ulanadi. Tarmoqlashda tarmoqdagi ikkala simning 30 mm qismidagi izolatsiyasi montaj pichog‘i yordamida olib tashlanadi (73- rasm, a). Biriktiriladigan simlarning uchlaridagi 50 mm izo- latsiyasi olib tashlanadi (73-rasm, b). a b d e f 72-rasm. Elektr montaj asboblari: a) o‘tkir jag‘li ombur; b) montaj pichog‘i; d) yumaloq jag‘li ombur; e) yassi jag‘li ombur; f) otvyortka. 92 a b d e Birikadigan hamma simlarning uchlari yaltiragunicha toza- lanadi. Tarmoqlanadigan o‘tkazgichlar bir-biriga perpendiku- lar holatda izolatsiya bilan 6 mm oraliqqa qo‘yiladi (73-rasm, d) va o‘ng qo‘l barmoqlari bilan ikkinchi simning ustiga 4–5 marta o‘raladi (70-ras m, e). Simning ortib qolgan uchi o‘tkir jag‘li ombur bilan uzib, yassi jag‘li ombur bilan mah- kam siqib qo‘yiladi. O‘tkazgichlar tarmoqlangan joy elektr kovya bilan kavsharlanadi va izolatsiya lanadi. O‘tkazgichlar tarmoqlangan joydan 10–15 mm naridan simning izolatsiyasi ustiga ikki marta izolatsiya lentasi o‘raladi. Keyin simlarning tutashgan joyi ham o‘rab qo‘yiladi, simlar tutashgan joyni izolatsiya lentasi bilan ikki-uch marta o‘ralganidan keyingina izolatsiya ishonch li bo‘ladi. Elektrotexnika armaturasi Elektrotexnika ishlarida vkluchatel, elektr patron, shtepsel vilkasi va boshqa qurilmalari ishlatiladi (74–77-rasmlar). Vkluchatel asboblarni elektr tarmog‘iga ulash va uzish- da qo‘llaniladi. U asos, korpus hamda siljiydigan va silji- maydigan ikkita kontaktdan tuzilgan. Kalit kontakti mis yoki latundan tayyorlanadi. Tuzilishiga ko‘ra kalit devorga, shiftga o‘rnatiladigan yoki osma turda bo‘lishi mumkin. Elektr patron yoritish lampasini elektr tarmog‘iga ulashda ishla tiladi. Patronlar shiftga, devorga o‘rnatiladigan yoki osma bo‘lishi mumkin. 50 30 73-rasm. Simlarni montaj qilish va tarmoqlash. 93 Shtepsel vilkasi elektr toki iste’molchisini tarmoqqa ulashda ishlatiladi. Hozirda qismlarga ajralmaydigan vilkalar ko‘proq qo‘llaniladi. U ishonchli va xavfsiz ishlashi bilan ajralib tu- radi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling