88
iskana, chuv iskana (o‘yishda), qing‘ir iskana (teshishda)
ishlati ladi (69-rasm).
Kovza iskana – u to‘g‘ri va egri tig‘li bo‘ladi. To‘g‘ri tig‘li
kovza iskana o‘yilgan naqsh chiziqlarining ustiga uch qirrali
qavariq yo‘llar chiqarish hamda parallel
chiziqlar chizishda
qo‘llaniladi.
To‘g‘ri iskana – to‘g‘ri sterjen keskichli bo‘lib, tig‘ining
eniga qarab kichkina, o‘rtacha va katta iskanalarga ajratiladi.
Tig‘ining eni 1,5 mm dan 10 mm gacha bo‘ladi. Ko‘pincha
bag‘dodi uslubidagi naqshlarni o‘yishda ishlatiladi.
Nova iskana – uning tuzilishi bo‘yicha tig‘
uchi nov
shaklida bo‘ladi. Eni 2 mm dan 8 mm gacha, dastasi,
odatda, qattiq yog‘ochdan yasaladi.
Asosan kichik, o‘rtacha
va katta nova iskanalar bo‘ladi. Nova iskanalar o‘yishda va
pardozlashda ishlatilib, asosan, naqshning eng mayda bo‘g‘im,
doiracha, marg‘ula, mayda ko‘zcha,
gajak va gul qismlarini
kesishda qo‘l keladi.
Zamin iskana – naqshning zaminini o‘yib olishda ishlati-
ladi. Zamin iskananing eni 2 mm dan 8 mm gacha bo‘ladi.
Baliq sirti iskana – tig‘i botiq, kamalaksimon ko‘tarilgan,
baliq qovurg‘asi shaklidagi asbobdir. Keskichining eni 4 mm
dan 19 mm gacha yasaladi. Katta-kichikligiga
qarab kichik,
o‘rta va katta baliq sirti iskanalari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: