Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

zichlash deb ataladi. Zichlashda, asosan, rangli me-
tallar issiq holatda ishlatiladi. U gidravlik presslar yordamida 
olib boriladi.
Shtamplash – metallga bosim bilan ishlov berish usullari-
dan bo‘lib, bunda mahsulotning shakli va o‘lchamlari asbob-
ning konfiguratsiyasiga, ya’ni shtampga bog‘liq.
23-rasm. Bosim bilan mеtallarga ishlov bеrish: a) prokatlash; 
b) tolalash; d) zichlashtirish; e) qizdirib bolg‘ada ishlov berish; 
f) issiq hajmli shtamplash; g) sovuq listli shtamplash.
a
b
g
f
e
d
F
F
F
F


29
Listli shtamplash yo‘li bilan yassi va hajmli mahsulot-
lar tay 
yor 
lanadi. U issiq va sovuq holda ishlatilishi mum-
kin. Shtamplash mahsulotlari juda keng bo‘lib, ular bolalar 
o‘yinchog‘idan boshlab idish-tovoqqacha, samolyot detallari-
dan kemalargacha qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan avtomobillarning 
salkam hamma detallari yasaladi.
Quyish. Bu usul zagotovkalarni va mashina detallarini tay -
yor lash da keng tarqalgan. Uni bajarish uchun bir qolipni ichki 
bo‘shliq bo‘lgan tomoni ma’lum konfiguratsiya va o‘lchamga 
ega bo‘lgan bo‘shliqqa eritilgan metall quyiladi. Metall qot-
gandan keyin qolipdan mahsulot olinadi va keyingi ishlov be-
riladi.
Ishlab chiqarishda quyish uchun bir martali qum qoliplar 
va ko‘p martali metall qoliplar ishlatiladi. Oddiy detallarni 
quyish uchun metall qoliplar ikki yoki undan ko‘p bo‘lakdan 
iborat bo‘ladi. Bunday qoliplarni xavfsizlik choralarini ko‘rib, 
maktab ustaxonasida tayyorlash mumkin. 
 
Yupqa tunuka va simdan buyumlar tayyorlash
Tunukadan mashina va asbob-uskunalar korpuslari, suv qu-
vur 
lari va idishlar tayyorlanadi. Tunukadan buyum tayyor-
lovchi ustalar 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling